Jahon

Xitoydagi poyabzal fabrikasida yuz bergan yong‘inda 28 kishi halok bo‘ldi

Kompaniya egasi va yana bir necha mansabdor shaxs beparvolikda gumonlanib hibsga olingan.

Xitoydagi poyabzal fabrikasida yuz bergan yong‘inda 28 kishi halok bo‘ldi

 

Xitoyning Fujyan provinsiyasidagi Jinjiang okrugida joylashgan Huiteng Shoes poyabzal fabrikasida yuz bergan yirik yong‘in oqibatida 28 kishi halok bo‘ldi.

 

Sinxua axborot agentligi xabariga ko‘ra, yong‘in sodir bo‘lgan vaqtda korxonada 237 nafar ishchi hamda 2 nafar yetkazib beruvchi xodim bo‘lgan.

 

Yong‘in va qutqaruv boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, hodisa yuz bergach, 213 nafar fuqaro evakuatsiya qilingan. Ulardan ikki nafari shifoxonada vafot etgan. Avval bedarak yo‘qolgan deb hisoblangan yana 26 kishining halok bo‘lgani keyinchalik tasdiqlangan. Shu tariqa qurbonlar soni 28 nafarga yetgan.

 

Yong‘inni bartaraf etish ishlariga 500 nafardan ortiq o‘t o‘chiruvchi jalb etilgan. Hodisa oqibatlarini bartaraf etish, yong‘in sabablarini aniqlash hamda aybdorlarni javobgarlikka tortish maqsadida Fujyan provinsiyasi ma’muriyati tomonidan maxsus tergov guruhi tuzilgan.

 

Dastlabki tergov natijalariga ko‘ra, kompaniya egasi va yana bir necha mansabdor shaxs beparvolikda gumonlanib hibsga olingan. Shuningdek, korxonaning bank hisobvaraqlari muzlatilgan.

 

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sabablari yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoyning janubiy hududlarida “Maysak” tropik bo‘roni oqibatida yuzaga kelgan kuchli suv toshqinlari natijasida 39 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

custom img

Vladimir Zelenskiy Ilon Maskni “Ozodlik” ordeni bilan taqdirladi

Mukofot unga inson hayoti va erkinligini himoya qilish hamda Ukraina va AQSh o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishdagi xizmatlari uchun berildi.

custom img

Eron BMT Xavfsizlik kengashidan AQSHning bir tomonlama choralarini qoralashni so‘radi

Tehron Vashingtonning iqtisodiy va harbiy bosimini xalqaro huquqqa zid deb baholab, bu choralar xalqaro miqyosda xavfli pretsedent yaratishi mumkinligidan ogohlantirgan.

custom img

Pokistonda tug‘ruqxonadagi yong‘inda 14 chaqaloq halok bo‘ldi

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘inga bo‘lim ichidagi konditsioner kompressorining portlashi sabab bo‘lgan.

custom img

AQSh immigratsion viza arizalarini ko‘rib chiqishni to‘xtatdi

Davlat departamenti bu chorani global o‘quv tadbiri bilan izohladi.

custom img

Pokiston Eron va AQSh o‘rtasidagi muzokaralarda sezilarli siljish bo‘lganini bildirdi

Tehronda o‘tkazilgan muzokaralarda mojaroning kuchayishiga yo‘l qo‘ymaslik, Hormuz bo‘g‘ozini qayta ochish va urushni yakunlash masalalari muhokama qilindi.

custom img

Ispaniya Seutadagi migratsiya inqirozi sabab Yevropa Ittifoqidan favqulodda mablag‘ so‘radi

Iyul oxirida Marokashdan 70 mingdan ortiq migrant Seutaga kirishga uringan, qurbonlar qayd etilgan.

custom img

Qozog‘istondagi yirik neftni qayta ishlash zavodida yong‘in chiqdi

Yong‘inni o‘chirishga 65 ga yaqin xodim va 19 ta texnika jalb qilingan.

custom img

Qozog‘istonda elektr skuterlarni piyodalar yo‘laklarida haydash taqiqlandi

Cheklovlar yo‘l-transport hodisalari sonining ortib borayotgani sabab joriy etilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"