Jahon

AQSh Eronning 13 ta shahriga zarba berdi

Havo hujumlari oqibatida qurbonlar haqida hozircha rasmiy ma’lumot berilmagan.

AQSh Eronning 13 ta shahriga zarba berdi

 

AQSh harbiylari Eronning kamida 13 ta shahriga yangi havo hujumlarini amalga oshirdi. Bu haqda Eronning NourNews agentligi xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, zarbalar Abadan, Ahvaz, Bandar Abbos, Bandar Mahshahr, Behbahon, Bushehr, Jask, Dezful, Qeshm, Sirik, Xondab, Xurramshahr va Endimeshk shaharlariga yo‘naltirilgan.

 

Hozircha havo hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar yoki jabrlanganlar haqida rasmiy ma’lumot berilmagan.

 

Avvalroq AQSh Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) Amerika harbiylari Eron hududidagi nishonlarga qarshi navbatdagi zarbalar boshlanganini tasdiqlagan edi.

 

Mahalliy manbalar va xalqaro kuzatuvchilar mintaqadagi vaziyatni kuzatishda davom etmoqda. Eron rasmiylarining mazkur hujumlar yuzasidan rasmiy bayonoti hozircha e’lon qilinmagan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"