O'zbekiston

Prezident Shavkat Mirziyoyev Bekoboddagi “Do‘stlik” mahallasida bo‘ldi

Davlat rahbari mahalladagi bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirib, aholi uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Mahalla faollari va mehnat faxriylari bilan samimiy muloqot qildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Bekoboddagi “Do‘stlik” mahallasida bo‘ldi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Bekobod shahriga tashrifi davomida “Xos yoz” kanali bo‘yi va “Do‘stlik” mahallasida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

 

 

Qayd etilishicha, bir paytlar e’tibordan chetda qolgan, qarovsiz va tartibsiz bo‘lgan “Xos yoz” kanalining bo‘yi bugun shaharning eng go‘zal go‘shasiga aylandi. Endilikda mahallalar yaqinida barcha qulayliklarga ega zamonaviy ekologik makon paydo bo‘ldi.

 

 

Hududni kompleks rivojlantirish bo‘yicha master-reja doirasida 3 kilometr uzunlikda maxsus piyodalar yo‘lagi va 5,4 kilometrlik mustahkam to‘siqlar qurildi, 2 ta ko‘prik qad rostladi. Shuningdek, loyiha natijasida sohil bo‘yida 27 ta yangi savdo va zamonaviy xizmat ko‘rsatish obyekti tashkil etilib, 167 ta yangi doimiy ish o‘rni yaratildi.

 

 

Davlat rahbari bu yerda sport bilan shug‘ullanayotgan yoshlar bilan suhbatlashdi.

 

“Do‘stlik” mahallasi hududi hozir 28 gektarni tashkil etadi. Bu yerda 33 ta ko‘p qavatli uy, xususiy maktabgacha ta’lim tashkiloti, futbol maydoni, 16 ta sport va bolalar maydonchasi hamda kutubxona mavjud.

 

Joriy yilda tadbirkorlar tomonidan 1,1 milliard so‘m investitsiya kiritilib, 10 ta xizmat ko‘rsatish obyekti va 1 ta umumiy ovqatlanish shoxobchasi tashkil etildi. Natijada 25 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Shuningdek, tashabbuskorlar mablag‘lari hisobidan “Vatanparvar bog‘i” ham barpo qilindi. Unda harbiy texnika namunalari o‘rnatilib, xizmat ko‘rsatish obyektlari qurildi.

 

 

“Tashabbusli budjet” mablag‘lari hisobidan mahalla hududida Bekobod shahri muzeyi tashkil etildi. Mahallada nuroniylar va mehnat faxriylarining dam olishi, uchrashuvlar, davra suhbatlari hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish uchun yog‘och konstruksiyali yozgi shiypon qad rostladi.

 

Davlat rahbari mahalladagi bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirib, aholi uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Mahalla faollari va mehnat faxriylari bilan samimiy muloqot qildi.

 

 

"Barcha amalga oshirayotgan ishlarimiz, barpo etilayotgan obyektlarimiz va loyihalarimiz, avvalo, aholiga xizmat qilishi, insonlar hayotini yaxshilashi kerak. Odamlar o‘z mahallasida, shahrida kechayotgan o‘zgarishlarni his qilishi, ularning samarasini kundalik hayotida ko‘rishi kerak.

Har safar hududlarga kelganimizda insonlar Yangi O‘zbekiston islohotlarining nafasini, uning yangilanish va taraqqiyot shabadasini his etishi zarur. Bekobod shahri ham o‘zining mehnatkash va fidoyi aholisi, iqtidorli yoshlari, hayot tajribasiga ega nuroniylari bilan yanada obod va taraqqiy etgan maskanga aylanishi kerak.

Biz yoshlarimizning orzu intilishlari, nuroniylarimizning ezgu niyat va maqsadlari ro‘yobga chiqishi uchun barcha imkoniyatlarni safarbar etamiz", dedi Prezident.

 

Shuning bilan Prezidentning Bekobodga safari yakuniga yetib, davlat rahbari Toshkentga qaytib keldi.

custom img

Farg‘onadagi ko‘p qavatli uy yerto‘lasida akula emas, Siam somi boqilgani aniqlandi

Holat Farg‘ona viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi tomonidan o‘rganildi.

custom img

Sergeli va Yangihayotdagi badbo‘y hid muammosi bartaraf etildi

Salor oqova suv tozalash inshootiga 9,5 milliard so‘mlik zamonaviy filtr uskunasi o‘rnatildi.

custom img

“Davolash ishi” o‘rniga 6 yillik “Umumiy tibbiyot” dasturi joriy etiladi

Besh yillik ta’limdan so‘ng talabalar bir yil to‘liq amaliy tayyorgarlikdan o‘tadi.

custom img

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi 35 ta “Mahorat maktabi”ni tashkil etdi

Mashg‘ulotlar internet jurnalistikasi, bosma matbuot, televideniye, radio, huquqiy, sport va fotojurnalistika yo‘nalishlarida o‘tkaziladi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev yangi Zamonaviy san’at markaziga tashrif buyurdi

Toshkentdagi yangi Zamonaviy san’at markazi 6-sentyabr kuni ochiladi. Markaz o‘z faoliyatini “Hikmah” xalqaro ko‘rgazmasi bilan boshlaydi.

custom img

Uch hududda narkosavdogarlardan 12,7 kg giyohvandlik vositalari olindi

Ushlanganlardan biri sintetik giyohvandlik vositasini qo‘shni davlatdan “Cobalt” avtomobilining yoqilg‘i bakiga yashirib olib o‘tishga uringan.

custom img

Shahnoza Mirziyoyeva Musulmon Yunusovning murojaati yuzasidan munosabat bildirdi

U bolalar va ularning oilalari uchun erta aralashuv, reabilitatsiya, abilitatsiya, kunduzgi parvarish va uyda yordam ko‘rsatish xizmatlari bepul ekanini taʼkidladi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev yosh parlament a’zolariga murojaat yo‘lladi

Prezident Samarqandda o‘tayotgan Parlamentlararo Ittifoqning XII Yosh parlament a’zolari butunjahon konferensiyasi ishtirokchilarini qutladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"