Jahon

AQSh Eronning qurol ishlab chiqarish quvvatining 84 foizini yo‘q qildi

AQSh prezidenti Eron harbiy sanoatiga katta zarar yetkazilganini ta’kidladi.

AQSh Eronning qurol ishlab chiqarish quvvatining 84 foizini yo‘q qildi

 

AQSh prezidenti Donald Tramp Eronning qurol ishlab chiqarish quvvatining qariyb 84 foizi yo‘q qilinganini ma’lum qildi.

 

Newsmax telekanaliga bergan intervyusida Tramp AQShning Eron hududiga bergan zarbalari natijasida Tehron qurol ishlab chiqarish salohiyatiga jiddiy putur yetganini ta’kidlagan.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Eron qurol ishlab chiqarish imkoniyatini deyarli yo‘qotgan.

 

“Ular qurol ishlab chiqarish qobiliyatini deyarli yo‘qotdi. Gap taxminan 84 foiz ishlab chiqarish quvvatining yo‘q qilingani haqida ketmoqda”, — degan Tramp.

 

AQSh prezidenti, shuningdek, ikki tomon o‘rtasidagi harbiy harakatlar davom etayotganini qayd etgan. Uning aytishicha, Eron yuklarini tashuvchi kemalarga nisbatan Hormuz bo‘g‘ozida cheklovlar joriy etiladi, biroq boshqa davlatlarning tankerlariga ushbu dengiz yo‘lagi orqali erkin harakatlanishga ruxsat beriladi.

 

Trampning mazkur bayonotlari yuzasidan Eron rasmiylari hozircha rasmiy munosabat bildirmagan.

Istanbuldagi suv toshqinlari: sakkiz kishi halok bo‘ldi

Istanbuldagi suv toshqinlari: sakkiz kishi halok bo‘ldi

Rasmiylarga tabiiy ofat yetkazgan moddiy zarar yuzasidan qariyb 20 mingta murojaat kelib tushgan.

Dunyoda oziq-ovqat qimmatlashadi: narxlar 2027-yilgacha oshishi kutilmoqda

Dunyoda oziq-ovqat qimmatlashadi: narxlar 2027-yilgacha oshishi kutilmoqda

Dengiz orqali yuk tashishdagi uzilishlar, urushlar va qurg‘oqchilik global oziq-ovqat narxlarining oshishiga sabab bo‘lmoqda.

Yaqin Sharqda vaziyat keskinlashishi mumkin: AQSH fuqarolarini ogohlantirdi

Yaqin Sharqda vaziyat keskinlashishi mumkin: AQSH fuqarolarini ogohlantirdi

Fuqarolarga transportdagi ehtimoliy uzilishlar va reyslar bekor qilinishini hisobga olish tavsiya etildi.

“Bundan ham kuchli zarbalar olasiz” — Netanyaxu

“Bundan ham kuchli zarbalar olasiz” — Netanyaxu

Isroil Bosh vaziri mamlakat dushmanlariga yanada kuchli zarbalar berilishi mumkinligini bildirdi.

“Mojaroning markazida Donbass masalasi turibdi” — Rubio

“Mojaroning markazida Donbass masalasi turibdi” — Rubio

AQSh Davlat kotibi Ukrainadagi urushni tugatish bo‘yicha kelishuvga erishish qiyinligicha qolayotganini bildirdi.

Ramazon qachon boshlanadi? Qirg‘iziston va Qozog‘iston dastlabki sanani e’lon qildi

Ramazon qachon boshlanadi? Qirg‘iziston va Qozog‘iston dastlabki sanani e’lon qildi

Sanalar yangi oyning ko‘rinishiga qarab bir kunga oldinga yoki keyinga surilishi mumkin.

“Bizning ham tugallanmagan ishlarimiz bor”: Eron AQShni ogohlantirdi

“Bizning ham tugallanmagan ishlarimiz bor”: Eron AQShni ogohlantirdi

Aroqchi Netanyaxuni AQShni Eron bilan yangi urushga tortishga urinayotganlikda aybladi.

Pekin qarib bormoqda: 2035-yilga kelib aholining uchdan biri 60 yoshdan oshadi

Pekin qarib bormoqda: 2035-yilga kelib aholining uchdan biri 60 yoshdan oshadi

2025-yil oxirida shaharda bu yosh guruhiga mansub 5,29 million kishi yashagan.