O'zbekiston

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qatar Amiri bilan uchrashib, unga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston rahbari Qatar Amirini o‘ziga qulay bo‘lgan fursatlarda mamlakatga tashrif buyurishga taklif etdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qatar Amiri bilan uchrashib, unga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qatarning sobiq Amiri Shayx Hamad bin Xalifa Ol Soniyning vafoti munosabati bilan ta’ziya bildirish uchun tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ldi.

 

 

Lusail saroyida davlat rahbari Qatar Davlati Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan uchrashdi. Muloqot avvalida Prezident Qatar Amiriga otasi – sobiq Amir Shayx Hamad bin Xalifa Ol Soniyning vafot etgani munosabati bilan chuqur hamdardlik bildirdi.

 

Shayx Hamad Ol Soniy Hazratlari Qatar Davlati erishgan ko‘plab tarixiy yutuqlar, ulkan bunyodkorlik ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi jadal islohotlar, mamlakatning xalqaro maydondagi nufuzi ortishiga ulkan hissa qo‘shgan siyosat arbobi bo‘lgani ta’kidlandi.

 

Shu bilan birga, ul zotning mamlakatlar o‘rtasidagi yaqin do‘stlik va ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirish hamda mustahkamlashdagi samarali mehnatlari alohida qayd etildi.

 

 

Shuningdek, Prezident Shavkat Mirziyoyev Qatar bugungi kunda mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlashdagi muhim o‘rin egallayotgani, xalqaro maydonda katta ta’sirga ega “Doha ovozi” paydo bo‘lganini e’tirof etdi.

 

Ikki davlat yetakchilari O‘zbekiston va Qatar o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada mustahkamlash, ko‘p qirrali aloqalarni yangi bosqichga ko‘tarish, dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalarni muhokama qildilar.

 

O‘z navbatida, Qatar Amiri O‘zbekiston Prezidentiga ushbu sinovli damlarda shaxsan tashrif buyurib, bildirgan samimiy hamdardligi hamda do‘stona qo‘llab-quvvatlagani uchun chuqur minnatdorlik izhor etdi.

 

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston rahbari Qatar Amirini o‘ziga qulay bo‘lgan fursatlarda mamlakatga tashrif buyurishga taklif etdi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qatar Amiri bilan uchrashib, unga hamdardlik bildirdi | Zamon.uz