O'zbekiston

Qoraqalpog‘iston va Xorazmdan so‘ng Navoiyda ham bog‘chalar yopilmoqda

Havo harorati 44–45 darajagacha ko‘tarilishi kutilayotgani sabab davlat bog‘chalari 14–17-iyul kunlari faoliyatini to‘xtatadi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazmdan so‘ng Navoiyda ham bog‘chalar yopilmoqda

 

Navoiy viloyatining ayrim hududlarida davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati vaqtincha to‘xtatiladi.

 

Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ma’lum qilishicha, havo haroratining 44–45 darajagacha ko‘tarilishi kutilayotgani munosabati bilan 14–17-iyul kunlari Uchquduq va Nurota tumanlaridagi, shuningdek Tomdi hamda Konimex tumanlarining ayrim davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati vaqtincha to‘xtatiladi.

 

Qayd etilishicha, mazkur qaror maktabgacha yoshdagi bolalarning hayoti va salomatligini muhofaza qilish maqsadida qabul qilingan.

 

Davlat bog‘chalari faoliyati 20-iyuldan odatiy tartibda tiklanadi.

 

Shuningdek, viloyatning qolgan hududlaridagi davlat bog‘chalarida sanitariya-gigiyena talablari va zarur shart-sharoitlar yuzasidan o‘rganish ishlari davom etmoqda. Tekshiruv yakunlariga ko‘ra qo‘shimcha ma’lumot berilishi bildirilgan.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq jazirama issiq sabab Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati ham vaqtincha to‘xtatilgani ma’lum qilingan.

custom img

5 milliard so‘mlik zarar: xalqaro qidiruvdagi shaxs Turkiyada qo‘lga olindi

Mazkur shaxs ajratilgan kredit mablag‘larini o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganlikda gumon qilinmoqda.

custom img

Banklarda 461 mlrd so‘mlik firibgarlikning oldi olindi: 18 milliondan ortiq operatsiya cheklandi

O‘zbekistonda 2026-yilning dastlabki 6 oyida zararli dastur aniqlangani sabab 1,28 millionta qurilmada bank ilovalaridan foydalanish cheklangan.

custom img

Angrenda bemor “probasiz” ukol ortidan komaga tushdimi? Holat yuzasidan tekshiruv boshlandi

Tekshiruv yakunlari asosida holatga huquqiy va tibbiy jihatdan baho berilishi ma’lum qilindi.

custom img

«Chiqarilgan hukmdan ozgina noroziman»: tayinlangan jazo yuzasidan sud munosabat bildirdi

Toshkent shahar sudi YPX inspektori o‘limiga sababchi bo‘lgan sudlanuvchiga 2,4 yillik jazo berilgani yuzasidan izoh berdi.

custom img

"Yil o‘qituvchisi" tanlovi: Qoraqalpog‘istonlik pedagog 50 ming dollar mukofotni qo‘lga kiritdi

Respublika bo‘yicha 208 nafar, Qoraqalpog‘istondan esa 17 nafar o‘qituvchi ushbu tanlovda g‘olib deb topildi.

custom img

Toshkent osmonida yorqin obyekt kuzatildi: mutaxassislar dastlabki xulosani berdi

Toshkent osmonida kuzatilgan yorqin obyekt meteor yoki bolid emasligi aytildi. Hodisa Xitoydan uchirilgan raketa bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

custom img

616 mln so‘mlik mukofot: “Yil o‘qituvchisi” g‘oliblari aniqlandi

Tanlovda 46 mingdan ortiq pedagog ishtirok etdi. G‘oliblar uch bosqichda saralandi.

custom img

17 yoshli o‘quvchi gashish bilan ushlandi: jo‘natma Rossiyadan yuborilgan

Giyohvandlik vositalari konserva qutisiga yashirilgan bo‘lgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"