O'zbekiston

Jazirama kunlarda ochiq havodagi ishlarni 11:00–16:00 oralig‘ida to‘xtatish tavsiya etildi

Mehnat inspeksiyasi jazirama sharoitida ish beruvchilar uchun majburiy talablarni e’lon qildi.

Jazirama kunlarda ochiq havodagi ishlarni 11:00–16:00 oralig‘ida to‘xtatish tavsiya etildi

 

Mehnat inspeksiyasi jazirama ob-havo sharoitida ish beruvchilar bajarishi shart bo‘lgan talablarni e’lon qildi.

 

Qayd etilishicha, yuqori harorat sharoitida ochiq havoda mehnat qilayotgan xodimlarda issiq urishi, suvsizlanish, hushdan ketish hamda yurak-qon tomir kasalliklari xavfi ortadi. Shu sababli ish beruvchilar mehnat sharoitlarini jazirama ob-havoga moslashtirishi lozim.

 

Xususan, soat 11:00 dan 16:00 gacha ochiq havodagi ishlarni qisqartirish yoki zaruratga ko‘ra vaqtincha to‘xtatish, og‘ir jismoniy mehnatni cheklash tavsiya etilgan.

 

Shuningdek, ish beruvchilar xodimlarni toza ichimlik suvi, soyali yoki sovitiladigan dam olish joylari hamda yengil, havo o‘tkazuvchi va issiqdan himoya qiluvchi maxsus kiyimlar bilan ta’minlashi shart.

 

Bundan tashqari, issiq sharoitda ishlovchi xodimlar tibbiy ko‘rikdan o‘tgan bo‘lishi, ularga issiq urishi belgilari bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilishi lozim. Xodimning sog‘lig‘i yomonlashgan taqdirda esa u zudlik bilan salqin joyga olib chiqilib, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilishi talab etiladi.

 

Mehnat inspeksiyasi ushbu talablarga rioya etish tavsiya emas, balki ish beruvchilarning qonuniy majburiyati ekanini alohida ta’kidladi.

 

Avvalroq anomal issiq fonida O‘zbekistonda elektr energiyasi iste’moli bo‘yicha yangi rekord qayd etilgani xabar qilingan edi.

custom img

Energetika loyihalarini rejalashtirish tizimi o‘zgartiriladi: yangi boshqaruv modeli taklif qilindi

Endilikda energetika loyihalari, eng avvalo, iqtisodiyot, aholi va hududlarning istiqboldagi ehtiyojidan kelib chiqib shakllantiriladi.

custom img

Tibbiyot chiqindilarini yo‘q qilishdagi muammolar: sog‘liqni saqlash vaziriga senator so‘rovi yuborildi

Tibbiyot chiqindilarini yoqish, maishiy chiqindi sifatida sanitariya-tozalash korxonalariga topshirish holatlari aniqlangani qayd etildi.

custom img

2030-yilgacha yangi podstansiyalar quriladi: 5 ming kilometrlik elektr tarmog‘i barpo etiladi

Bu yangi elektr stansiyalarini energotizimga ulash, hududlar o‘rtasida quvvat almashinuvini kengaytirish imkonini beradi.

custom img

22 mingdan ortiq sayyoh: Fransiya O‘zbekistonga turistlar oqimi bo‘yicha Yevropaning top-5 mamlakatiga kirdi

Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 20,6 foizga ko‘p.

custom img

5 yoshli qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik: Namanganda bog‘cha ombor mudiri tarbiyalanuvchi qizni zo‘rladi

Jabrlanuvchi bolaning qonuniy manfaatlari Bolalar ombudsmani tomonidan kuzatilmoqda.

custom img

150 mingta ish, 70 mingta bekor qilingan qaror: Prezident maʼmuriy odil sudlovni yangi bosqichga olib chiqish takliflari bilan tanishdi

Ma’muriy odil sudlovni rivojlantirishning yangi bosqichida 15 ga yaqin huquqiy institutni joriy etish taklif qilindi.

custom img

XDP Toshkentdagi jamoat transporti tariflari bo‘yicha o‘z pozitsiyasini bildirdi

Toshkentda avtobus va metroda bir martalik elektron to‘lov tarifini qariyb 47 foizga oshirish taklifi muhokama qilinayotgan bir paytda partiya o‘quvchilar uchun imtiyozli tarif joriy etishni taklif qildi.

custom img

O‘quvchini urib, sudragan: Toshkentda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi

O‘qituvchiga hayfsan berilib, mehnat shartnomasini bekor qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"