Jahon

Rossiyaga kelgan migrantlarning telefon sotib olishi majburiy qilinishi mumkin

Migrantlarning joylashuvini nazorat qilish uchun mobil telefon va elektron profil tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda.

Rossiyaga kelgan migrantlarning telefon sotib olishi majburiy qilinishi mumkin

 

Rossiyada mehnat faoliyati yoki uzoq muddatli yashash maqsadida mamlakatga kirayotgan xorijiy fuqarolar, jumladan migrantlar uchun mobil telefon xarid qilish majburiy etib belgilanishi mumkin. Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Igor Zubov ma’lum qildi deydi RBK.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatga kelgan migrantlar ro‘yxatdan o‘tish jarayonida mobil telefon xarid qiladi va ushbu qurilmaga ularning elektron profili biriktiriladi. Bu orqali huquqni muhofaza qiluvchi organlar migrantlarning joylashuvi va yashash manzilidagi o‘zgarishlarni nazorat qilishi mumkin bo‘ladi.

 

Ta’kidlanishicha, mazkur tizim migrantlarning bir hududdan boshqasiga ko‘chishi yoki yashash joyini o‘zgartirishini nazorat qilish, shuningdek, ularga hujjatlar amal qilish muddati tugashi yoki zarur rasmiy jarayonlar haqida o‘z vaqtida xabarnoma yuborish imkonini beradi.

 

Ma’lumot uchun, 2025-yil 1-sentabrdan Moskva viloyatida "Amina" mobil ilovasi sinov tariqasida joriy etilgan. Ilova geolokatsiya orqali foydalanuvchining joylashuvi haqida Ichki ishlar vazirligiga ma’lumot uzatadi va Rossiyaga vizasiz kirgan voyaga yetgan migrantlar uchun undan foydalanish majburiy hisoblanadi.

 

Rossiya Ichki ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, geolokatsiya ma’lumotlari uch ish kuni davomida tizimga uzatilmagan 139 mingdan ortiq migrant migratsiya hisobidan chiqarilgan.

Zelenskiy Rossiyaning energetika obyektlariga zarbalarni 100 kunga to‘xtatishga rozi bo‘ldi — WSJ

Zelenskiy Rossiyaning energetika obyektlariga zarbalarni 100 kunga to‘xtatishga rozi bo‘ldi — WSJ

AQSh senatorlari Ukraina prezidentiga Starlink qamrovini Rossiya hududiga 300 kilometrga kengaytirish evaziga Rossiyaning energetika obyektlariga zarbalarni to‘xtatishni taklif qilgan.

Xitoy Isroildan G‘arbiy Sohildagi noqonuniy qurilishlarni to‘xtatishni talab qildi

Xitoy Isroildan G‘arbiy Sohildagi noqonuniy qurilishlarni to‘xtatishni talab qildi

Pekin Falastin masalasini XXI asrning eng katta tarixiy adolatsizligi deb atab, mojaroni ikki davlat yechimi asosida hal etish va G‘azoga gumanitar yordam yetkazilishini ta’minlashga chaqirdi.

Har yili 3,5 milliondan ortiq o‘lim: JSST qo‘rg‘oshin xavfidan ogohlantirdi

Har yili 3,5 milliondan ortiq o‘lim: JSST qo‘rg‘oshin xavfidan ogohlantirdi

Qo‘rg‘oshin bo‘yoqlar, kosmetika, ziravorlar va sanoat ifloslanishi orqali inson organizmiga tushishi mumkin.

Green Card lotereyasi qaytadimi? AQSH sudidan yangi qaror

Green Card lotereyasi qaytadimi? AQSH sudidan yangi qaror

Green Card lotereyasi 2025-yil dekabrida vaqtincha to‘xtatilgan edi.

AQSH maktabidagi otishma: uch nafar bola va o‘qituvchi halok bo‘ldi

AQSH maktabidagi otishma: uch nafar bola va o‘qituvchi halok bo‘ldi

Otishmani 16 yoshli o‘smir sodir etgan.

Ukrainadagi mojaro Zelenskiysiz hal qilinishi mumkin — Tramp

Ukrainadagi mojaro Zelenskiysiz hal qilinishi mumkin — Tramp

AQSH prezidenti Zelenskiy bilan muzokara olib borish Putinga qaraganda qiyinroq ekanini bildirdi.

Bola xavfsizligi birinchi o‘rinda: UNICEF O‘zbekistondagi qonunni qo‘llab-quvvatladi

Bola xavfsizligi birinchi o‘rinda: UNICEF O‘zbekistondagi qonunni qo‘llab-quvvatladi

Zo‘ravonlikdan jabrlangan bolalarga moslashtirilgan va muvofiqlashtirilgan yordam ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi.

Husiylar Yamandagi prezident saroyi majmuasiga raketa zarbalari berdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Husiylar Yamandagi prezident saroyi majmuasiga raketa zarbalari berdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Hujum vaqtida majmuada bo‘lgan hukumat a’zolari jabrlanmagan.