Jahon

Eron Quvaytdagi AQSH harbiy obyektlariga zarba berdi

Iroq va Qatar hududlarida ham portlashlar kuzatilgan.

Eron Quvaytdagi AQSH harbiy obyektlariga zarba berdi

 

Eron Quvayt hududida joylashgan AQSH harbiy obyektlariga dronlar yordamida zarba berganini ma’lum qildi. Bu haqda Fars axborot agentligi xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, hujumlar Quvaytdagi AQSH harbiy kazarmalari va logistika markazlariga qaratilgan bo‘lib, operatsiyada "Arash" rusumidagi uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanilgan.

 

Eron harbiylari bayonotida ushbu zarbalar "Chaqmoq" operatsiyasining 12-bosqichi doirasida amalga oshirilgani qayd etilgan.

 

Shuningdek, Eron tomoni xuddi shu turdagi dronlar Bahrayndagi Saxir aviabazasi hududida joylashgan AQSH Harbiy-havo kuchlari obyektlariga qarshi ham qo‘llanilganini bildirgan.

 

Xabarlarga ko‘ra, Iroq va Qatar hududlarida ham portlashlar kuzatilgan.

 

TASS agentligining yozishicha, Eron ushbu hujumlarni AQSH harbiylarining so‘nggi harakatlariga javob sifatida amalga oshirganini ta’kidlagan.

 

Shu bilan birga, AQSH Markaziy qo‘mondonligi Eron hududidagi bir qator hududlarda portlashlar sodir bo‘lganini ma’lum qilgan. Xususan, Bandar Abbos, Qeshm oroli, Ahvaz, Bushehr, Bandar Xomeyniy, Bandar Lengeh, Vaysian, Chobahor hamda Eronshahr aeroporti yaqinida hujumlar qayd etilgani bildirilgan.

Istanbuldagi suv toshqinlari: sakkiz kishi halok bo‘ldi

Istanbuldagi suv toshqinlari: sakkiz kishi halok bo‘ldi

Rasmiylarga tabiiy ofat yetkazgan moddiy zarar yuzasidan qariyb 20 mingta murojaat kelib tushgan.

Dunyoda oziq-ovqat qimmatlashadi: narxlar 2027-yilgacha oshishi kutilmoqda

Dunyoda oziq-ovqat qimmatlashadi: narxlar 2027-yilgacha oshishi kutilmoqda

Dengiz orqali yuk tashishdagi uzilishlar, urushlar va qurg‘oqchilik global oziq-ovqat narxlarining oshishiga sabab bo‘lmoqda.

Yaqin Sharqda vaziyat keskinlashishi mumkin: AQSH fuqarolarini ogohlantirdi

Yaqin Sharqda vaziyat keskinlashishi mumkin: AQSH fuqarolarini ogohlantirdi

Fuqarolarga transportdagi ehtimoliy uzilishlar va reyslar bekor qilinishini hisobga olish tavsiya etildi.

“Bundan ham kuchli zarbalar olasiz” — Netanyaxu

“Bundan ham kuchli zarbalar olasiz” — Netanyaxu

Isroil Bosh vaziri mamlakat dushmanlariga yanada kuchli zarbalar berilishi mumkinligini bildirdi.

“Mojaroning markazida Donbass masalasi turibdi” — Rubio

“Mojaroning markazida Donbass masalasi turibdi” — Rubio

AQSh Davlat kotibi Ukrainadagi urushni tugatish bo‘yicha kelishuvga erishish qiyinligicha qolayotganini bildirdi.

Ramazon qachon boshlanadi? Qirg‘iziston va Qozog‘iston dastlabki sanani e’lon qildi

Ramazon qachon boshlanadi? Qirg‘iziston va Qozog‘iston dastlabki sanani e’lon qildi

Sanalar yangi oyning ko‘rinishiga qarab bir kunga oldinga yoki keyinga surilishi mumkin.

“Bizning ham tugallanmagan ishlarimiz bor”: Eron AQShni ogohlantirdi

“Bizning ham tugallanmagan ishlarimiz bor”: Eron AQShni ogohlantirdi

Aroqchi Netanyaxuni AQShni Eron bilan yangi urushga tortishga urinayotganlikda aybladi.

Pekin qarib bormoqda: 2035-yilga kelib aholining uchdan biri 60 yoshdan oshadi

Pekin qarib bormoqda: 2035-yilga kelib aholining uchdan biri 60 yoshdan oshadi

2025-yil oxirida shaharda bu yosh guruhiga mansub 5,29 million kishi yashagan.