O'zbekiston

"Poytaxt Parking" XDP tanqidiga rasmiy munosabat bildirdi

Kompaniya o‘zini pulli avtoturargohlar operatori ekanini, jarimalar qo‘llamasligi va yig‘ilgan mablag‘lar shahar budjetiga yo‘naltirilishini ma’lum qildi.

"Poytaxt Parking" XDP tanqidiga rasmiy munosabat bildirdi

"Poytaxt Parking" kompaniyasi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining pulli avtoturargohlar tizimi yuzasidan bildirgan munosabatiga rasmiy javob e’lon qildi. Unda kompaniya faoliyati atrofida yuzaga kelayotgan ayrim noto‘g‘ri talqinlarga izoh berilgan.


 
Kompaniya bayonotida ta’kidlanishicha, "Poytaxt Parking" shahar hududlari yoki avtoturargohlarning egasi emas, balki Toshkent shahri bilan tuzilgan shartnoma asosida xizmat ko‘rsatuvchi operator hisoblanadi. Uning vazifasi pulli avtoturargohlarni tashkil etish, ularga texnik xizmat ko‘rsatish, yo‘l belgilari va chiziqlarini o‘rnatish, shuningdek, haydovchilar uchun qulay to‘lov tizimini yaratishdan iborat.


 
Shuningdek, kompaniya ma’muriy jarimalarni qo‘llash yoki undirish vakolatiga ega emasligini alohida qayd etdi. Bayonotga ko‘ra, ma’muriy javobgarlikni belgilash va qo‘llash faqat vakolatli davlat organlari vakolatiga kiradi. "Poytaxt Parking" jarimalar joriy etilishi tashabbuskori emasligi va bunday qarorlarni qabul qilish jarayonida ishtirok etmasligini bildirdi.


 
Kompaniya pulli avtoturargohlar uchun undiriladigan to‘lovlarni yig‘ish va ularni shartnomada belgilangan tartibda Toshkent shahri budjetiga o‘tkazishni o‘zining asosiy vazifasi sifatida ko‘rsatdi. Bayonotda ushbu mablag‘lar shahar budjetini to‘ldirish va ijtimoiy loyihalarni moliyalashtirish manbalaridan biri ekani ta’kidlangan.


 
"Poytaxt Parking" ochiqlik va shaffoflik tamoyillarini qo‘llab-quvvatlashini ham ma’lum qildi. Kompaniya foydalanuvchilar soni, yig‘ilgan to‘lovlar hajmi, mablag‘larning budjetga o‘tkazilishi hamda o‘z majburiyatlari bajarilishi bo‘yicha ma’lumotlarni e’lon qilishga tayyor ekanini bildirdi.


 
Bayonot yakunida kompaniya o‘zining asosiy maqsadi haydovchilarni jazolash emas, balki shahar markazida tartib va qulaylikni ta’minlash ekanini qayd etdi. Kompaniya fikricha, pulli avtoturargohlar tizimi tartibsiz to‘xtashlar va tirbandliklarni kamaytirishga xizmat qiladi hamda piyodalar va haydovchilar uchun qulay shahar muhitini yaratishga yordam beradi.


 
"Poytaxt Parking" O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi va jamoatchilik bilan ochiq muloqot qilish, zarur ma’lumotlarni taqdim etish hamda poytaxt aholisi manfaatlari yo‘lida hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi.

custom img

Energetika loyihalarini rejalashtirish tizimi o‘zgartiriladi: yangi boshqaruv modeli taklif qilindi

Endilikda energetika loyihalari, eng avvalo, iqtisodiyot, aholi va hududlarning istiqboldagi ehtiyojidan kelib chiqib shakllantiriladi.

custom img

Tibbiyot chiqindilarini yo‘q qilishdagi muammolar: sog‘liqni saqlash vaziriga senator so‘rovi yuborildi

Tibbiyot chiqindilarini yoqish, maishiy chiqindi sifatida sanitariya-tozalash korxonalariga topshirish holatlari aniqlangani qayd etildi.

custom img

2030-yilgacha yangi podstansiyalar quriladi: 5 ming kilometrlik elektr tarmog‘i barpo etiladi

Bu yangi elektr stansiyalarini energotizimga ulash, hududlar o‘rtasida quvvat almashinuvini kengaytirish imkonini beradi.

custom img

22 mingdan ortiq sayyoh: Fransiya O‘zbekistonga turistlar oqimi bo‘yicha Yevropaning top-5 mamlakatiga kirdi

Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 20,6 foizga ko‘p.

custom img

5 yoshli qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik: Namanganda bog‘cha ombor mudiri tarbiyalanuvchi qizni zo‘rladi

Jabrlanuvchi bolaning qonuniy manfaatlari Bolalar ombudsmani tomonidan kuzatilmoqda.

custom img

150 mingta ish, 70 mingta bekor qilingan qaror: Prezident maʼmuriy odil sudlovni yangi bosqichga olib chiqish takliflari bilan tanishdi

Ma’muriy odil sudlovni rivojlantirishning yangi bosqichida 15 ga yaqin huquqiy institutni joriy etish taklif qilindi.

custom img

XDP Toshkentdagi jamoat transporti tariflari bo‘yicha o‘z pozitsiyasini bildirdi

Toshkentda avtobus va metroda bir martalik elektron to‘lov tarifini qariyb 47 foizga oshirish taklifi muhokama qilinayotgan bir paytda partiya o‘quvchilar uchun imtiyozli tarif joriy etishni taklif qildi.

custom img

O‘quvchini urib, sudragan: Toshkentda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi

O‘qituvchiga hayfsan berilib, mehnat shartnomasini bekor qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"