O'zbekiston

AQShda hibsga olingan o'zbekistonlik yuk mashina haydovchisi garov evaziga ozod qilindi

21 yoshli futbolchi halok bo‘lgan YTH bo‘yicha ayblanayotgan o‘zbekistonlik elektron kuzatuv moslamasi taqish sharti bilan qo'yib yuborildi.

AQShda hibsga olingan o'zbekistonlik yuk mashina haydovchisi garov evaziga ozod qilindi

 

AQShning Ogayo shtatida o‘lim bilan yakunlangan yo‘l-transport hodisasi bo‘yicha ayblanayotgan O‘zbekiston fuqarosi Behzod Asrorov sud qarori bilan garov evaziga hibsdan chiqarildi. Shu bilan birga, u elektron kuzatuv moslamasi taqish sharti bilan rasmiylar nazoratida qoladi.

 

Sud majlisi davomida Asrorov tarjimon yordamida ishtirok etgan. Himoyachi uning AQShdagi transport kompaniyalaridan birida qariyb bir yil davomida haydovchi bo‘lib ishlaganini ma’lum qilgan.

 

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, YTH oqibatida 21 yoshli kollej talabasi va futbolchi Tobias Forsayt halok bo‘lgan. Prokuratura hodisadan so‘ng haydovchi yuk mashinasidagi videokamerani yashirishga uringanini ham da’vo qilmoqda. Shu sabab unga dalillarni yashirish yoki yo‘q qilishga urinish bo‘yicha ham ayblov qo‘yilgan.

 

Huquq-tartibot idoralari hozirda toksikologik ekspertiza natijalari hamda hodisa tafsilotlari bo‘yicha qo‘shimcha tekshiruvlarni kutmoqda. Mazkur jarayon yakuniga ko‘ra, Asrorovga nisbatan qo‘shimcha ayblovlar e’lon qilinishi mumkin.

 

Ma’lum qilinishicha, Behzod Asrorov 2024-yilda "Green Card" dasturi orqali AQShga ko‘chib borgan hamda tijorat yuk mashinalarini boshqarish huquqini beruvchi CDL litsenziyasini olgan. Biroq sud materiallariga ko‘ra, u ingliz tilini bilmagani sababli politsiya xodimlari bilan Google Translate orqali muloqot qilgan.

 

Mazkur hodisadan so‘ng AQShda tijorat haydovchilarini tayyorlash va chet ellik fuqarolarga CDL litsenziyalari berish tartibini kuchaytirish yuzasidan bahs-munozaralar yana avj olgan. AQSh transport vaziri Shon Daffi ingliz tilini yetarli darajada bilmaydigan shaxslarga yuk mashinalarini boshqarishga ruxsat berilmasligi kerakligini ta’kidlagan.

custom img

Buxoroning tarixiy hududida elektroskuter va elektrosamokatlardan foydalanish cheklanadi

Yangi tartib 2026-yil 1-oktyabrdan kuchga kiradi.

custom img

Hindiston va Bangladesh fuqarolarini OTMlarga qabul qilmaslik bo‘yicha ko‘rsatma berildimi?

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tarqalgan xabarlarga oydinlik kiritdi.

custom img

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Ispaniyada Terres oltin mukofotini qo'lga kiritdi

Ben Kingsli ishtirokidagi “Ma’rifat aks-sadosi” — New York Festivals hamda Kann korporativ media va televideniye festivali finalisti.

custom img

“Yashil makon”da sun’iy intellekt qo‘llaniladi: tuproq, iqlim va suv ta’minoti tahlil qilinadi

Prezident ishlar samaradorligini ekilgan ko‘chatlarning bir, uch va besh yildan keyingi holati asosida baholash zarurligini ta’kidladi.

custom img

Vino shishasi va qadoqlangan ziravorlar: Tailanddan O‘zbekistonga narkotik olib kirilishining oldi olindi

13 kgdan ortiq “gashish moyi”ning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

custom img

Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi: O‘zbekistonda 3 hududda sezildi

Tog‘li Badaxshon hududidagi zilzila 4,9 magnitudani tashkil etgan.

custom img

Rossiya, Vetnam va Tailanddagi tajriba: Chirchiqda narkolaboratoriya fosh etildi

Giyohvandlik vositalarini tayyorlash va sotish bilan shug‘ullangan 4 nafar fuqaro ushlandi.

custom img

“Mutlaqo xavfsiz”, “nojo‘ya taʼsiri yo‘q”: Raqobat qo‘mitasi tibbiy xizmatlar reklamasi bo‘yicha ogohlantirdi

Qo‘mita tibbiy xizmatlar reklamasida davolash natijasini kafolatlash, mutlaq xavfsizlikni vaʼda qilish yoki qarshi ko‘rsatmalarni inkor etishga yo‘l qo‘yilmasligini eslatdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"