O'zbekiston

Prezident fuqarolarning ijtimoiy reyestrga kiritish bo‘yicha arizasi asossiz rad etilganini tanqid qildi

Bunday holatlar, ayniqsa, Bo‘ston, Oltinko‘l, Xovos, Toshloq, Sharof Rashidov, Uchquduq va Dehqonobod tumanlarida ko‘p uchrayotgani qayd etildi.

Prezident fuqarolarning ijtimoiy reyestrga kiritish bo‘yicha arizasi asossiz rad etilganini tanqid qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 16-iyul kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida joylarda ehtiyojmand oilalarni ijtimoiy reyestrga kiritishni asossiz rad etish va ularni sun’iy ravishda reyestrdan chiqarish holatlari kuzatilayotganini tanqid qildi.

 

Davlat rahbarining ta’kidlashicha, 184 ta mahallada bir oy ichida fuqarolardan kelgan 2 mingta arizaning barchasi asossiz rad etilgan. Oqibatda ehtiyojmand oilalar ijtimoiy yordam, farzandlarini bog‘cha va to‘garaklarga joylashtirish kabi kafolatlangan xizmatlardan foydalana olmagan.

 

Bunday holatlar, ayniqsa, Bo‘ston, Oltinko‘l, Xovos, Toshloq, Sharof Rashidov, Uchquduq va Dehqonobod tumanlarida ko‘p uchrayotgani qayd etildi.

 

Shuningdek, yil boshidan buyon ijtimoiy reyestrga kiritish masalasida Prezident virtual qabulxonasiga kelib tushgan murojaatlar soni 30 mingdan 46 mingtagacha, ya’ni 1,5 barobarga oshgani ma’lum qilindi.

 

Yig‘ilishda Bosh prokuraturaga ijtimoiy reyestrning to‘g‘ri yuritilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish, Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyevaga esa reyestrning haqqoniyligi yuzasidan prezidentga muntazam axborot berib borish vazifasi yuklatildi.

 

Bundan tashqari, mutasaddilar oldiga yil yakunigacha nogironlikni erta aniqlash, uy-joylarni moslashtirish, ijtimoiy uyga joylashtirish kabi 25 turdagi ijtimoiy xizmatni mahallalar darajasiga tushirish topshirildi.

 

Uch oy ichida demensiya va aqliy zaifligi bo‘lgan shaxslar uchun 250 ta mahallada kunduzgi va uyda parvarish xizmatlari hamda “Madad” uylari, 75 ta mahallada esa o‘zgalar parvarishiga muhtoj keksalar uchun “Faol hayot” dasturi yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, qarovsiz qolgan va zo‘ravonlikka uchragan bolalar uchun “Qo‘llab-quvvatlash markaz”lari tashkil etiladi.

Noqonuniy suyultirilgan gaz savdosi: 3 mingdan ortiq gaz balloni olib qo‘yildi

Noqonuniy suyultirilgan gaz savdosi: 3 mingdan ortiq gaz balloni olib qo‘yildi

120 dan ortiq holatning 39 tasiga gaz ta’minoti idoralari xodimlarining aloqadorligi qayd etildi.

O‘zbekistonda ayrim xizmatlarda qog‘oz hujjat talab qilinmaydi: 33 ta idoraviy hujjat o‘zgartirildi

O‘zbekistonda ayrim xizmatlarda qog‘oz hujjat talab qilinmaydi: 33 ta idoraviy hujjat o‘zgartirildi

Endilikda banklar, notarial idoralar, aeroportlar va boshqa tashkilotlarda ayrim hujjatlarning elektron shaklidan foydalanish mumkin.

Samarqanddagi sammit doirasida «IMKON» markazining ochilish marosimi ham bo‘lib o‘tdi

Samarqanddagi sammit doirasida «IMKON» markazining ochilish marosimi ham bo‘lib o‘tdi

Markaz 2 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga individual ehtiyojlaridan kelib chiqib, ta’lim va reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatadi.

Global miqyosdagi natijalar e’tirofi: Ziroat Mirziyoyevaga topshirilgan JSST mukofoti kimlarga beriladi?

Global miqyosdagi natijalar e’tirofi: Ziroat Mirziyoyevaga topshirilgan JSST mukofoti kimlarga beriladi?

WHO Director-General’s Award — Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Bosh direktorining global sog‘liqni saqlash sohasidagi nufuzli xalqaro mukofoti.

Milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tishda cheklov: senator so‘rovi yuborildi

Milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tishda cheklov: senator so‘rovi yuborildi

Hududlar bo‘yicha imtihon o‘rinlarini taqsimlash mezonlari va talab yuqori bo‘lgan joylarda qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish masalasiga izoh berish so‘ralgan.

“Bolalar — kelajagimiz” degan qarashning o‘zi yetarli emas —Shahnoza Mirziyoyeva

“Bolalar — kelajagimiz” degan qarashning o‘zi yetarli emas —Shahnoza Mirziyoyeva

Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari bolalar farovonligini ta’minlash uchun hukumatlar, biznes vakillari, fuqarolik jamiyati va xalqaro tashkilotlar hamkorligini kuchaytirish zarurligini qayd etdi.

“Malika” bozorida quvlashmachoq: qidiruvdagi erkak qochayotganida mashinaga urilib ketdi

“Malika” bozorida quvlashmachoq: qidiruvdagi erkak qochayotganida mashinaga urilib ketdi

Fuqaro avtomobilga urilganiga qaramay, harakatini davom ettirgan, biroq ichki ishlar xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Metrodagi “probka”: “Paxtakor”dagi tirbandlikka izoh berildi

Metrodagi “probka”: “Paxtakor”dagi tirbandlikka izoh berildi

Yo‘lovchilar to‘planishini kamaytirish uchun poyezdlar harakati intervallarini qisqartirish choralari ko‘rilmoqda.