O'zbekiston

Samarqandda alimentdan qarzdor ota dachadan topildi

Erkakning qarzi 100 mlndan ortiq bo‘lib, ularni to‘lamay kelgan.

Samarqandda alimentdan qarzdor ota dachadan topildi

Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida aliment qarzini to‘lashdan bo‘yin tovlab, MIB xodimlaridan yashirinib kelgan erkak dachadan topildi. Bu haqida MIB axborot xizmati Zamon.uz'ga maʼlum qildi.

 

Bildirilishicha, Byuroning Pastdarg‘om tuman bo‘limi ish yurituvidagi ijro hujjatiga asosan 105 million so‘mdan ortiq aliment qarzdorligi mavjud bo‘lgan fuqaro S.R.ga nisbatan qidiruv eʼlon qilingan.

 

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida qarzdor Pastdarg‘om tumanidagi dala hovlilaridan (dachalardan) birida dam olayotgan vaqtida aniqlanib, ushlangan.

 

“Ayni paytda ijro hujjati talablarini taʼminlash yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda keyingi majburiy ijro harakatlari amalga oshirilmoqda”, deyiladi xabarda.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Bekobod tumanida aliment to‘lashdan qochib yurgan ota makkajo‘xori dalasidan topilgandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"