O'zbekiston

O‘zbekistonda elektr energiyasi iste’moli rekordi yangilandi

Elektr energiyasi iste’moli va ishlab chiqarish bo‘yicha tarixiy eng yuqori ko‘rsatkich qayd etildi.

O‘zbekistonda elektr energiyasi iste’moli rekordi yangilandi

 

O‘zbekiston yagona elektr energetika tizimida 20-iyul kuni elektr energiyasi iste’moli va ishlab chiqarish bo‘yicha tarixdagi eng yuqori ko‘rsatkich qayd etildi.

 

Energetika vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, soat 17:22 holatiga respublika bo‘yicha elektr energiyasi iste’moli 14 GVt, ishlab chiqarish hajmi esa 14,2 GVtni tashkil etgan. Qayd etilishicha, bu mamlakat elektr energetikasi tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, 17-iyul kuni ham O‘zbekiston yagona energetika tizimida elektr energiyasi iste’moli va ishlab chiqarish bo‘yicha navbatdagi rekord qayd etilgandi. O‘shanda sutkalik elektr energiyasi iste’moli 293,4 million kVt·soatni tashkil etib, o‘tgan yil yozgi mavsumidagi eng yuqori ko‘rsatkichdan 20,8 million kVt·soatga yoki 7,6 foizga yuqori bo‘lgani ma’lum qilingan edi.

 

Energetika vazirligiga ko‘ra, elektr tarmoqlaridagi yuklama va uskunalarning texnik holati dispetcherlik xizmatlari tomonidan real vaqt rejimida uzluksiz nazorat qilinmoqda. Zarurat tug‘ilganda yuklamani qayta taqsimlash hamda boshqa tezkor choralar ko‘rilib, energotizimning barqaror ishlashi ta’minlanmoqda.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.