Jahon

Pokistonda kuchli yomg‘irlar oqibatida bir kunda 9 kishi halok bo‘ldi

Musson yog‘inlari qurbonlar va vayronagarchiliklarga sabab bo‘ldi.

Pokistonda kuchli yomg‘irlar oqibatida bir kunda 9 kishi halok bo‘ldi

 

Pokistonda kuchli yomg‘ir va u bilan bog‘liq tabiiy hodisalar oqibatida so‘nggi 24 soat ichida kamida 9 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mamlakatning Tabiiy ofatlarni boshqarish milliy boshqarmasi ma’lum qildi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlarning olti nafari Xayber Paxtunxva viloyatida, yana uch nafari esa Azad Jammu va Kashmir hududida qayd etilgan.

 

Shuningdek, kuchli yog‘ingarchilik va suv toshqinlari oqibatida 28 ta turar joy uyi vayron bo‘lgan.

 

Pokistonda musson mavsumi iyul oyida boshlanib, odatda sentyabrgacha davom etadi. Ushbu davr qishloq xo‘jaligi uchun muhim bo‘lgan yog‘ingarchiliklarni olib kelsa-da, ko‘pincha suv toshqinlari, ko‘chkilar va boshqa tabiiy ofatlarga ham sabab bo‘ladi.

 

Mas’ul idoralar aholini ehtiyot choralariga qat’iy rioya qilishga chaqirib, zararlangan hududlarda qutqaruv va tiklash ishlari davom etayotganini bildirdi.

 

Eslatib o'tamiz, avvalroq Afg‘onistondagi suv toshqinlari oqibatida 20 kishi halok bo‘lgani haqida xabar qilingan edi.

custom img

G‘azoda urushdan zarar ko‘rgan bino qulab tushdi: 21 kishi halok bo‘ldi

Binoda boshpanaga muhtoj, ko‘chirilgan oilalar yashayotgan bo‘lgan.

custom img

Makka osmonidagi xavf: Pokiston bosh vaziri keskin munosabat bildirdi

Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif Makkai Mukarramaga yo‘naltirilgani aytilgan dron hujumi urinishini keskin qoraladi.

custom img

907 kilogrammlik bombalar: AQSH Isroilga 2,8 mlrd dollarlik qurol sotmoqchi

Rejalashtirilayotgan paketga qariyb 907 kilogrammlik 40 mingta bomba kiritilishi aytilmoqda.

custom img

Eron urushi AQShga qimmatga tushmoqda: xarajatlar 38 mlrd dollarga yetdi

Urush davom etsa, oyiga yana 3 mlrd dollargacha mablag‘ sarflanishi mumkin.

custom img

Eronga qarshi urush: AQSH Kongressi Eronga qarshi harbiy amaliyotlarni to‘xtatishga chaqirdi

AQSH Vakillar palatasi harbiy amaliyotlarni Kongress roziligisiz davom ettirishni cheklashga chaqiruvchi rezolyutsiyani 220 ovoz bilan maʼqulladi.

custom img

Eron samolyotida kutilmagan nosozlik: g‘ildirak shinasi havoda uzilib ketdi

Samolyot Mashhad aeroportiga favqulodda qo‘ndirildi.

custom img

Eronga qochish: 17 nafar afg‘on tashnalikdan halok bo‘ldi

Halok bo‘lganlar orasida bir oilaning besh nafar a’zosi ham bor.

custom img

Husiylar Saudiya Arabistoniga zarba berdi: Ar-Riyod “qat’iy javob” va’da qildi

Husiylar Saudiya hududiga uyushtirgan raketa va dron hujumlarini Yamandagi Saudiya havo zarbalariga javob sifatida izohladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"