O'zbekiston

Prezident hokimlarga go‘sht importi bo‘yicha aniq reja tuzishni topshirdi

Go‘shtni samolyotda olib kelish bo‘yicha imtiyoz yil yakunigacha uzaytiriladi.

Prezident hokimlarga go‘sht importi bo‘yicha aniq reja tuzishni topshirdi

O‘zbekistonda go‘sht narxini barqarorlashtirish maqsadida import go‘shtni samolyotda tashish xarajatlarini qoplash bo‘yicha imtiyoz yil yakunigacha uzaytiriladi. Shu bilan birga, chorvachilikni rivojlantirish uchun qo‘shimcha mablag‘lar ajratiladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.

 

Yig‘ilishda inflyatsiyani jilovlash masalasi muhokama qilinib, bozorda tovar va xizmatlar taklifini ko‘paytirish asosiy vazifa ekani ta’kidlandi. Qayd etilishicha, viloyat hokimlari joriy yilning yanvar–iyun oylarida inflyatsiyani 3 foizdan oshirmaslikni rejalashtirgan bo‘lsa-da, bu ko‘rsatkichga faqat Samarqand viloyati erishgan.

 

Aprel–iyun oylarida go‘sht narxi 6–8 foizga oshgani sababli import go‘shtni samolyotda tashish xarajatlarini qoplash uchun 300 milliard so‘m ajratilgan. Poytaxt va Toshkent viloyatidagi tadbirkorlar ushbu imkoniyatdan foydalanib, 1 ming 300 tonna go‘sht olib kelgan, boshqa hududlarda esa bu boradagi faollik yetarli bo‘lmagani qayd etildi.

 

Prezident viloyatlar kesimida go‘sht balansini qayta ko‘rib chiqish, qaysi davlatdan va qachon qancha go‘sht import qilinishi bo‘yicha aniq rejalar ishlab chiqish zarurligini ta’kidladi.

 

Shuningdek, qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish natijalari chorvachilikdagi haqiqiy holatni ochib bergani ma’lum qilindi. Unga ko‘ra, avvalgi ma’lumotlarga nisbatan qoramollar soni 2,1 million boshga, qo‘y va echkilar esa 1,5 million boshga kam ekani aniqlangan.

 

Chorvachilik loyihalarini moliyalashtirish uchun Qishloq xo‘jaligi jamg‘armasidan ajratilgan 1 trillion so‘mga qo‘shimcha ravishda Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan yana 50 million dollar yo‘naltiriladi.

 

Mazkur mablag‘lar hisobidan chorva komplekslarini tashkil etish uchun 5 milliard so‘mgacha, naslli qoramolchilik loyihalari uchun esa 20 milliard so‘mgacha 10 foizlik kreditlar 10 yil muddatga va 4 yillik imtiyozli davr bilan ajratiladi.

 

Yig‘ilishda yil yakunigacha xorijdan 100 ming bosh qoramol hamda 150 ming bosh qo‘y va echki olib kelish vazifasi ham belgilandi.

custom img

Avgust oyida Prezident Xalq qabulxonalariga 76 mingdan ortiq murojaat kelib tushdi

Eng ko‘p murojaatlar bola nafaqasi, aliment va gaz ballonlari masalalariga oid bo‘lgan.

custom img

Sirdaryoda ikki IIB xodimi jinoyat sodir etib, qamaldi

Ulardan biriga 5 yil 1 oy, ikkinchisiga esa 6 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

custom img

Birinchi qavatdagi xonadonlardan savdo va servis uchun foydalanishga ruxsat berilishi mumkin

Bunda xonadonlarni noturar joy toifasiga o‘tkazish shart bo‘lmaydi.

custom img

Qishloq tumanlarida ehtiyojmandlarni ishga olgan korxonalar uchun ijtimoiy soliq 2 foiz bo‘ladi

Aholi bandligi va daromadini oshirish bo‘yicha ishlar tanqidiy tahlil qilindi.

custom img

Farg‘onada ikki hamshira pichoqlandi, ulardan biri vafot etdi

Gumonlanuvchi qo‘lga olinib, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

Ertaga O‘zbekistonda navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o'tkaziladi

Tashabbus atmosferaga zararli tashlamalarni kamaytirish va ekologik barqaror muhitni shakllantirishga qaratilgan.

custom img

Ertadan Toshkentdan Andijonga tezyurar elektropoyezd qatnovi boshlanadi

Yangi elektropoyezd amaldagi poyezd tarkibi o‘rniga harakatlanadi.

custom img

Farg‘onada ikki ayolni Moskvaga fohishalik uchun yubormoqchi bo'lgan shaxs ushlandi

U ayollarga aviachiptalarni o‘z hisobidan olib berishini aytib, keyinchalik ularning daromadining yarmini olishni rejalashtirgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"