Jahon

Maduro va uning rafiqasi ustidan sud 2027-yilda boshlanishi mumkin

Nikolas Maduro va uning rafiqasi AQShda giyohvand moddalar savdosiga aloqadorlikda ayblanmoqda.

Maduro va uning rafiqasi ustidan sud 2027-yilda boshlanishi mumkin

 

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro va uning rafiqasi Siliya Floresga nisbatan AQShda ko‘rilayotgan jinoyat ishi bo‘yicha sud jarayoni 2027-yil iyun oyida boshlanishi mumkin.

 

Bu haqda Nyu-Yorkning Janubiy okrugi federal sudi elektron ma’lumotlar bazasiga joylashtirilgan hujjatda ma’lum qilindi.

 

Hujjatga ko‘ra, himoya va prokuratura tomonlari sud jarayonini 2027-yil iyun oyida boshlash bo‘yicha yagona jadvalni sudga taqdim etgan.

 

Taklif etilgan reja asosida prokuratura ish bo‘yicha asosiy maxfiy materiallarni 2026-yil 15-noyabrgacha himoya tomoniga taqdim etadi. Shundan so‘ng tomonlar 2027-yil 11-martgacha zarur iltimosnomalarni kiritish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

 

Mazkur jadvalni tasdiqlash masalasi 22-iyul kuni Nyu-Yorkning Janubiy okrugi federal sudida ko‘rib chiqilishi kutilmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, 2026-yil yanvar oyida AQSh tomonidan Venesuela prezidenti Nikolas Maduro va uning rafiqasi Siliya Flores qo‘lga olinib, Nyu-Yorkka olib kelingan edi. Ularga nisbatan giyohvand moddalar savdosiga aloqadorlik ayblovi qo‘yilgan. Ikkalasi ham o‘ziga qo‘yilgan ayblovlarni rad etgan.

Kim Chen In Xitoyga bordi: ikki davlat o‘rtasida yangi ko‘prik ochildi

Kim Chen In Xitoyga bordi: ikki davlat o‘rtasida yangi ko‘prik ochildi

Kim Chen In Xitoy Kommunistik partiyasi Siyosiy byurosi doimiy qo‘mitasi a’zosi Van Xunin bilan uchrashgan.

Isroil G‘arbiy sohilda harbiy operatsiya boshladi: ikki shahar blokadaga olindi

Isroil G‘arbiy sohilda harbiy operatsiya boshladi: ikki shahar blokadaga olindi

Operatsiya 23-oktyabr kuni ikki nafar Isroil harbiysi halok bo‘lgan hujumdan keyin boshlandi.

Rossiya Ukrainaga hujum qildi: qurbonlar bor

Rossiya Ukrainaga hujum qildi: qurbonlar bor

Hujumlar oqibatida Kiyev va Xarkovda tinch aholi vakillari jarohatlandi.

Tinchlik kelishuvini hozir tuzishga tayyorman — Zelenskiy

Tinchlik kelishuvini hozir tuzishga tayyorman — Zelenskiy

Ukraina prezidenti amaldagi front chizig‘i bo‘ylab o‘t ochishni to‘xtatishga tayyorligini, biroq Rossiyaga qo‘shimcha hududlarni berishga rozi emasligini bildirdi.

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

U yuk avtomobillari orqali tashiladigan tovarlarni o‘g‘irlash sxemasida ishtirok etganlikda ayblanmoqda.

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

AQSh rasmiysiga ko‘ra, uch tomonlama muzokaralar yaqin ikki hafta ichida o‘tkazilishi mumkin.

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSh Saudiya Arabistonidagi elchixona xodimlarini olib chiqmoqda

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSh Saudiya Arabistonidagi elchixona xodimlarini olib chiqmoqda

Shunga o‘xshash xavfsizlik choralari Yaqin Sharqdagi boshqa davlatlarda ham ko‘rilmoqda.

Qirg‘iz tilini bilish sinovi: Prezidentlikka nomzodlar ham imtihondan o‘ta olmadi

Qirg‘iz tilini bilish sinovi: Prezidentlikka nomzodlar ham imtihondan o‘ta olmadi

2026-yil yanvaridan oktabrigacha davlat tili imtihonini birinchi marta topshirganlarning 17,9 foizi muvaffaqiyatli natija ko‘rsatgan.