O'zbekiston

“Nurafshon ilm-fan va yuksak texnologiyalar markaziga aylantiriladi” — Shavkat Mirziyoyev

Davlat rahbari Toshkent viloyati jamoatchiligi vakillari bilan uchrashdi.

“Nurafshon ilm-fan va yuksak texnologiyalar markaziga aylantiriladi” — Shavkat Mirziyoyev

Prezident Shavkat Mirziyoyev Nurafshon shahridagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida Toshkent viloyati jamoatchiligi bilan tantanali uchrashuvda ishtirok etdi.

 

 

Tadbirda nuroniylar, yoshlar va faollar qatnashdi. Mamlakat yetakchisi yig‘ilganlarni samimiy qutlab, viloyat ahli bilan yana bir bor diydor ko‘rishib turganidan mamnunligini bildirdi.

 

 

Qayd etilganidek, yaqin yillargacha katta iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyatga ega Toshkent viloyatining o‘z ma’muriy markazi mavjud emas edi. Qisqa vaqt ichida Nurafshon shahri yangitdan barpo etilib, bu yerda zamonaviy ma’muriy, ijtimoiy va madaniy infratuzilma shakllantirildi.

 

 

Shaharda “Yangi O‘zbekiston” bog‘i, “Vatanparvar bog‘i”, matonatli o‘zbek ayoli Zulfiya Zokirovaga bag‘ishlangan yodgorlik majmuasi, xiyobonlar, sun’iy ko‘l, amfiteatr va favvoralar, keng yashil hududlar, velosiped hamda piyodalar yo‘laklari barpo etildi.

 

 

Bu yerdagi har bir korxona, har bir ko‘cha va bino, maydon va xiyobon serg‘ayrat, mehnatkash va fidoyi viloyat ahli bilan birgalikdagi ishlarimizning natijasidir, – dedi Prezident.

 

 

Bugun Nurafshon shahri Yangi O‘zbekiston timsoli sifatida namoyon bo‘layotgani ta’kidlandi. Shaharning nomi “nur sochuvchi”, “ziyo tarqatuvchi” degan ma’nolarni anglatishi, shu bois, go‘zal kent zamonaviy qiyofasi, taraqqiyoti, madaniyati, boshqaruvi va inson qadriga bo‘lgan munosabati bilan ham boshqalarga namuna bo‘lishi kerakligi qayd etildi.

 

 

Nurafshon mamlakatda “aqlli shahar” modeli asosida barpo etilayotgan birinchi shahar sifatida ham tarixga kirmoqda. Bu yerda raqamli boshqaruv, intellektual transport, energiya tejamkor texnologiyalar, madaniy maskanlar va ekologik infratuzilma yagona tizimga birlashtirilmoqda.

 

 

Davlat rahbari Nurafshonni ilm-fan, yuksak texnologiyalar va yoshlar shahriga aylantirish asosiy maqsad ekanini ta’kidladi. Bu yerda ming o‘rinli madaniyat saroyi, Badiiy akademiyaning viloyat bo‘limi, Sun’iy intellekt markazi, Аxborot-resurs kutubxonasi va kasblar markazini o‘z ichiga olgan zamonaviy “Yoshlar shaharchasi” bunyod etilmoqda.

 

Shu kuni 35 gektar maydonda barpo etiladigan Kelajak texnologiyalari markazi qurilishiga ham tamal toshi qo‘yildi. Mazkur majmua butun mamlakatga xizmat qiladigan sun’iy intellekt va raqamlashtirish markaziga aylanib, unda ilmiy-tadqiqot markazlari va yuqori texnologik laboratoriyalar tashkil etiladi.

 

 

“Nurafshon biznes siti” loyihasi doirasida ma’muriy, biznes, ta’lim, tibbiyot, madaniyat va turar joy hududlari o‘zaro uyg‘un holda rivojlantirilmoqda. Jumladan, 700 o‘rinli ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida telemeditsina va robototexnika yordamida 60 dan ziyod yuqori texnologik tibbiy xizmat ko‘rsatilishi rejalashtirilgan.

 

Sharq bozori, hunarmandchilik ko‘chalari, milliy pavilyonlar, amfiteatr va zamonaviy dam olish maskanlarini qamrab olgan turistik-madaniy majmua ham Nurafshonning tashrif qog‘oziga aylanadi.

 

Tadbirda Toshkent viloyati mamlakat iqtisodiyotining yirik tayanch hududlaridan biri ekani alohida ta’kidlandi. Respublika yalpi ichki mahsulotining qariyb 10 foizi viloyat hissasiga to‘g‘ri keladi. So‘nggi besh yilda hududga 16 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb qilinib, chet el kapitali ishtirokidagi korxonalar soni qariyb 3 mingtaga, eksport hajmi esa 3 milliard dollarga yaqinlashdi.

 

Prezident viloyatni Toshkent shahri bilan yagona iqtisodiy va transport makoni sifatida rivojlantirishga doir yangi loyihalar haqida ham so‘z yuritdi. Poytaxt bilan bog‘lovchi jamoat transporti yo‘nalishlari kengaytirilib, Toshkent – Nurafshon yo‘nalishida zamonaviy poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yilishi belgilandi.

 

Siz, aziz Toshkent viloyati faollari, tadbirkor va fermerlar, ziyolilar, nuroniylar va serg‘ayrat yoshlar bilan birgalikda bu zaminni yanada yashnatamiz, mamlakatimiz taraqqiyotining mustahkam va qudratli tayanchiga aylantiramiz.

Men bunga qat’iy ishonaman va Prezident, davlat rahbari sifatida butun xalqimiz qatori Toshkent viloyati aholisining tinch, farovon, baxtli hayot kechirishi uchun bundan buyon ham bor kuch va imkoniyatimni safarbar etaman, – dedi davlat rahbari so‘zining yakunida.

 

Tadbir madaniy dastur bilan davom etdi. Shundan so‘ng Prezidentning Nurafshonga safari yakunlandi, davlat rahbari Toshkentga qaytib keldi.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"