O'zbekiston

Anomal issiq sabab yopilgan bog‘cha xodimlariga ish haqi to‘liq to‘lanadi

Bog‘chaga bormagan kunlar uchun ota-onalardan to‘lov undirilmaydi, oldindan to‘langan mablag‘ esa keyingi oy hisobiga o‘tkaziladi.

Anomal issiq sabab yopilgan bog‘cha xodimlariga ish haqi to‘liq to‘lanadi

 

O‘zbekistonda anomal issiq sabab vaqtincha yopilgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlariga ish haqi to‘liq to‘lanadi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining hududiy boshqarmalarga yuborgan ko‘rsatmasiga tayanib xabar qilindi.

 

Ko‘rsatmaga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Toshkent shahar hamda barcha viloyatlar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalariga anomal issiq ob-havo tufayli bekor turib qolingan davr uchun xodimlarga ish haqi to‘liq to‘lanishini ta’minlash topshirilgan.

 

Shuningdek, bog‘chaga kelmagan kunlar uchun ota-onalardan to‘lov undirilmaydi. Agar ota-ona to‘lovi oldindan amalga oshirilgan bo‘lsa, bola qatnashmagan kunlar uchun to‘langan mablag‘ keyingi oy to‘lovidan chegirib qolinadi.

 

Vazirlik qayd etishicha, ota-onalar to‘lovlari hamda qonunchilikda belgilangan boshqa hisob-kitoblarni amalga oshirishda bolalarning elektron davomat ma’lumotlari yagona asos hisoblanadi.

 

Eslatib o‘tamiz, anomal issiq tufayli iyul oyida Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Navoiy, Buxoro, Farg‘ona va Toshkent viloyatlaridagi qator davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari bir necha kun muddatga faoliyatini to‘xtatgan edi.

custom img

Banklarda 461 mlrd so‘mlik firibgarlikning oldi olindi: 18 milliondan ortiq operatsiya cheklandi

O‘zbekistonda 2026-yilning dastlabki 6 oyida zararli dastur aniqlangani sabab 1,28 millionta qurilmada bank ilovalaridan foydalanish cheklangan.

custom img

Angrenda bemor “probasiz” ukol ortidan komaga tushdimi? Holat yuzasidan tekshiruv boshlandi

Tekshiruv yakunlari asosida holatga huquqiy va tibbiy jihatdan baho berilishi ma’lum qilindi.

custom img

«Chiqarilgan hukmdan ozgina noroziman»: tayinlangan jazo yuzasidan sud munosabat bildirdi

Toshkent shahar sudi YPX inspektori o‘limiga sababchi bo‘lgan sudlanuvchiga 2,4 yillik jazo berilgani yuzasidan izoh berdi.

custom img

"Yil o‘qituvchisi" tanlovi: Qoraqalpog‘istonlik pedagog 50 ming dollar mukofotni qo‘lga kiritdi

Respublika bo‘yicha 208 nafar, Qoraqalpog‘istondan esa 17 nafar o‘qituvchi ushbu tanlovda g‘olib deb topildi.

custom img

Toshkent osmonida yorqin obyekt kuzatildi: mutaxassislar dastlabki xulosani berdi

Toshkent osmonida kuzatilgan yorqin obyekt meteor yoki bolid emasligi aytildi. Hodisa Xitoydan uchirilgan raketa bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

custom img

616 mln so‘mlik mukofot: “Yil o‘qituvchisi” g‘oliblari aniqlandi

Tanlovda 46 mingdan ortiq pedagog ishtirok etdi. G‘oliblar uch bosqichda saralandi.

custom img

17 yoshli o‘quvchi gashish bilan ushlandi: jo‘natma Rossiyadan yuborilgan

Giyohvandlik vositalari konserva qutisiga yashirilgan bo‘lgan.

custom img

Toshkentda havo keskin ifloslandi: mutaxassislar asosiy sabablarni ma’lum qildi

19-sentyabr soat 21:00 dan 20-sentyabr soat 04:00 gacha Toshkentda havo sifati vaqtincha yomonlashib, AQI 101–150 — sezgir guruhlar uchun zararli darajaga yetishi mumkin.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"