Jahon

Qirg‘iziston Wildberries omborlariga hujumlardan so‘ng o‘z fuqarolariga ogohlantirish berdi

Hujumlarda zarar ko‘rgan omborlardagi qirg‘iz tadbirkorlariga tegishli mahsulotlar inventarizatsiya qilinmoqda.

Qirg‘iziston Wildberries omborlariga hujumlardan so‘ng o‘z fuqarolariga ogohlantirish berdi

 

Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi Rossiyadagi fuqarolarini Wildberries omborlariga uyushtirilgan dron hujumlaridan so‘ng ehtiyotkor bo‘lishga chaqirdi.

 

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, 22-iyul oqshomida Rossiyaning bir qator hududlaridagi Wildberries omborlariga uyushtirilgan hujumlarda Qirg‘iziston fuqarolari jabrlanmagan. Shunga qaramay, ehtimoliy yangi hujumlar xavfi sabab vatandoshlarga xavfsizlik choralariga qat’iy rioya qilish tavsiya etildi.

 

Shuningdek, Rossiyada yashayotgan Qirg‘iziston fuqarolariga rasmiy idoralar tomonidan berilayotgan ogohlantirish va tavsiyalarga amal qilish so‘ralgan. Qirg‘izistonning Rossiyadagi elchixonasi vaziyatni doimiy nazorat qilayotgani hamda jabrlanganlar bo‘yicha ma’lumotlarni aniqlashtirishda davom etayotgani bildirgan.

 

Ma’lumot uchun, Ukraina Qurolli Kuchlari 18-iyul kuni Moskva va Tambov viloyatlaridagi, 22-iyul kuni esa Krasnodar va Stavropol o‘lkalaridagi Wildberries omborlariga dron hujumlari uyushtirgan. Ushbu hujumlar oqibatida kamida 8 kishi halok bo‘lgan, 50 nafardan ortiq inson jarohat olgan.

 

Qirg‘iziston Iqtisodiyot va savdo vazirligi esa hujumga uchragan omborlarda saqlanayotgan qirg‘iz tadbirkorlariga tegishli mahsulotlarga yetkazilgan zarar yuzasidan inventarizatsiya jarayonini kuzatib bormoqda.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Qirg‘iziston Wildberries omborlariga hujumlardan so‘ng o‘z fuqarolariga ogohlantirish berdi | Zamon.uz