Jahon

Qizil dengizda tankerlarga qilingan hujumlardan so‘ng neft narxi 100 dollardan oshdi

Tramp husiylar hujumi takrorlansa, Eronga "harbiy jazo" berish bilan tahdid qildi.

Qizil dengizda tankerlarga qilingan hujumlardan so‘ng neft narxi 100 dollardan oshdi

AQSH prezidenti Donald Tramp Qizil dengizda husiylar tomonidan Saudiyaga tegishli ikki neft tankeriga uyushtirilgan hujumdan so‘ng Eron va husiylarni "katta harbiy jazo" kutayotganini bildirdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

 

Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida husiylar Eronning vakili ekanini ta’kidlab, agar bunday hujumlar yana takrorlansa, AQSH buning uchun Tehronni javobgar deb bilishini yozdi.

 

Husiylar o‘z kuchlari Encelia va Layla nomli Saudiyaga tegishli neft tankerlariga raketa va dronlar bilan zarba berganini ma’lum qildi. Dengiz xavfsizligi manbalari Encelia kemasi Jizon porti yaqinida raketa hujumiga uchragani va tankerning old qismida yong‘in chiqqanini tasdiqladi. Reuters Layla tankeriga hujum bo‘lganini mustaqil tasdiqlay olmadi.

 

AQSH davlat kotibi Marko Rubio Eron tinchlik kelishuviga rozi bo‘lmaguncha unga bosim kuchayishini bildirib, Tehron to‘laydigan "narx har kecha oshib borishini" aytdi.

 

Husiylar bu hafta Saudiya Arabistoniga nisbatan dengiz blokadasi joriy etayotganini ham e’lon qildi. Mutaxassislar ularning Bob al-Mandab bo‘g‘ozini nishonga olishi global neft tashuvlariga jiddiy xavf tug‘dirishi mumkinligini qayd etmoqda.

 

Voqealar fonida Brent markali neft narxi 6 foizdan ortiq qimmatlashib, may oyidan buyon ilk bor bir barrel uchun 100 dollardan oshdi. Qator neft tankerlarining xavfsizlik sabab yo‘nalishini o‘zgartirayotgani energiya bozoridagi xavotirlarni yanada kuchaytirmoqda.

 

Shu bilan birga, Eron Iordaniya va Quvaytdagi AQSH harbiy obyektlariga zarba berganini ma’lum qildi. Iordaniya armiyasi so‘nggi 24 soat ichida uchirilgan to‘rtta raketa va oltita drondan barchasi, bittasidan tashqari, urib tushirilganini bildirdi.

 

Tramp, shuningdek, Eron Hormuz bo‘g‘ozida kemalarga hujum qilishni davom ettirsa, AQSH Eron infratuzilma obyektlariga zarba berishini aytdi. Bunga javoban Eron harbiylari mintaqadagi neft, gaz, elektr va boshqa iqtisodiy infratuzilma obyektlarini nishonga olishi hamda neft eksportini to‘xtatishga harakat qilishini ma’lum qildi.

Fransiyada Shamonda virusi ilk bor odamda aniqlandi: bemor vafot etdi

Fransiyada Shamonda virusi ilk bor odamda aniqlandi: bemor vafot etdi

Bu virus odamda ilk bor aniqlangan holat bo‘lib, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bemorga u mayda qon so‘ruvchi hasharot chaqishi orqali yuqqan.

Saudiya Arabistonidagi aeroportga navbatdagi hujum: bir kishi halok bo'ldi, sakkiz kishi yaralandi

Saudiya Arabistonidagi aeroportga navbatdagi hujum: bir kishi halok bo'ldi, sakkiz kishi yaralandi

Mamlakat sharqida yana to‘rtta dron urib tushirilgan.

Saylovdan keyingi reja: AQSh va Isroil Eronga qarshi operatsiyani ko‘rib chiqmoqda

Saylovdan keyingi reja: AQSh va Isroil Eronga qarshi operatsiyani ko‘rib chiqmoqda

Ehtimoliy hujumlarda yadroviy inshootlar, energetika infratuzilmasi, raketa va dron arsenallari nishonga olinishi mumkin.

Folbindan mijozgacha nazoratda: maxsus ro‘yxat shakllantirilmoqda

Folbindan mijozgacha nazoratda: maxsus ro‘yxat shakllantirilmoqda

Ichki ishlar vazirligi folbinlar, sehrgarlar, fohishalar, ularning mijozlari va oila a’zolarini maxsus ma’lumotlar bazasiga kiritib, doimiy monitoring qilishni boshladi.

Putin muzokaralarga rozi bo‘ldi: Rossiya, Ukraina va AQSh uchrashuvi kutilmoqda

Putin muzokaralarga rozi bo‘ldi: Rossiya, Ukraina va AQSh uchrashuvi kutilmoqda

Kreml muzokaralar 10-noyabr yoki undan keyin Abu-Dabida o‘tkazilishi mumkinligini ma’lum qildi.

Netanyaxu Eronga zarbalarni qayta boshlamoqchi — FT

Netanyaxu Eronga zarbalarni qayta boshlamoqchi — FT

AQSh esa saylovlargacha keskin choralar ko'rishni istamayapti.

Ikki oyda 400 milliard dollar: AQSh qarzi o‘sishda davom etmoqda

Ikki oyda 400 milliard dollar: AQSh qarzi o‘sishda davom etmoqda

AQSHning davlat qarzi 40,4 trillion dollarga yetdi.

AQSh yordamisiz Ukraina bugun mavjud bo‘lmas edi — Rubio

AQSh yordamisiz Ukraina bugun mavjud bo‘lmas edi — Rubio

AQSh Davlat kotibi Vashington yordamisiz Ukraina suveren davlat sifatida mavjud bo‘lmasligi mumkinligini aytdi.