O'zbekiston

Rossiya cheklov qo‘ygan O‘zbekistonning 5 ta eksportchi korxonasi tekshiruvdan o‘tkazilmoqda

Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasi Rossiya bilan hamkorlikda kamchiliklarni bartaraf etish va cheklovlarni bekor qilish ustida ishlamoqda.

Rossiya cheklov qo‘ygan O‘zbekistonning 5 ta eksportchi korxonasi tekshiruvdan o‘tkazilmoqda

 

Rossiya tomonidan vaqtinchalik cheklov joriy etilgan O‘zbekistonning beshta eksportchi korxonasi faoliyati yuzasidan tekshiruv boshlandi.

 

Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasi ma’lum qilishicha, Rossiya Federatsiyasining Veterinariya va fitosanitariya nazorati bo‘yicha federal xizmati (Rosselxoznadzor) fitosanitariya talablarini muntazam buzgan beshta eksportchi korxonaga nisbatan 2026-yil 23-iyuldan boshlab karantin ostidagi mahsulotlarni Rossiya hududiga olib kirishga vaqtinchalik cheklov joriy etgan.

 

Rossiya tomoni taqdim etgan rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, fitosanitariya talablarini buzish holatlari:

  • Xorazm viloyati Yangibozor tumanidagi 1 ta korxonada — 15 ta;

  • Surxondaryo viloyati Uzun tumanidagi 1 ta korxonada — 11 ta;

  • Navoiy viloyati Qiziltepa tumanidagi 2 ta korxonada — 15 ta;

  • Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanidagi 1 ta korxonada — 7 ta holatda aniqlangan.

 

Qo‘mita tomonidan har bir korxona kesimida mahsulotni yetishtirish, saqlash, saralash va eksportga tayyorlash jarayonlari, fitosanitariya nazorati hamda mahsulot kuzatuvchanligi (traceability) tizimi o‘rganilmoqda.

 

Shuningdek, milliy qonunchilik va xalqaro fitosanitariya talablari asosida zarur huquqiy hamda tashkiliy choralar ko‘rilishi, Rosselxoznadzor bilan hamkorlikda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va cheklovlarni qisqa muddatda bekor qilish bo‘yicha ishlar davom ettirilishi ma’lum qilindi.

 

Qo‘mita mazkur cheklovlar faqat fitosanitariya talablari buzilgani qayd etilgan ushbu beshta korxonaga nisbatan qo‘llanayotganini, qolgan mahalliy eksportchilar faoliyati esa odatdagi tartibda davom etayotganini ta’kidladi.

custom img

1,293 mlrd so‘mlik zargarlik buyumlari: “Dubay–Toshkent” reysida noqonuniy yuk aniqlandi

O‘zbekistonga kirib kelgan fuqaroning yukidan deklaratsiyada ko‘rsatilmagan 921,37 gramm zargarlik buyumlari va 3 dona oltin quyma topilgan.

custom img

18 mln dan ortiq firibgarlik operatsiyasi: banklarda 461 mlrd so‘mlik mablag‘ chiqib ketishining oldi olindi

Banklardagi antifrod tizimlarining 6 oylik natijalarni e’lon qilindi.

custom img

Omonatdagi pulni o‘zlashtirish: Toshkentda bank mas’ullariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Tijorat banki mas’ullari fuqaro nomidan qalbaki hujjatlar rasmiylashtirib, uning omonatidagi 300 ming dollarni o‘zlashtirgan.

custom img

25 va 50 foiz: talabalar uchun kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi

Qo‘shimcha muddat bakalavriat va magistraturaga tavsiya etilgan abituriyentlar, o‘qishi ko‘chirilgan yoki ko‘chirib tiklangan hamda qayta tiklangan talabalarga tegishli.

custom img

5 milliard so‘mlik zarar: xalqaro qidiruvdagi shaxs Turkiyada qo‘lga olindi

Mazkur shaxs ajratilgan kredit mablag‘larini o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganlikda gumon qilinmoqda.

custom img

Banklarda 461 mlrd so‘mlik firibgarlikning oldi olindi: 18 milliondan ortiq operatsiya cheklandi

O‘zbekistonda 2026-yilning dastlabki 6 oyida zararli dastur aniqlangani sabab 1,28 millionta qurilmada bank ilovalaridan foydalanish cheklangan.

custom img

Angrenda bemor “probasiz” ukol ortidan komaga tushdimi? Holat yuzasidan tekshiruv boshlandi

Tekshiruv yakunlari asosida holatga huquqiy va tibbiy jihatdan baho berilishi ma’lum qilindi.

custom img

«Chiqarilgan hukmdan ozgina noroziman»: tayinlangan jazo yuzasidan sud munosabat bildirdi

Toshkent shahar sudi YPX inspektori o‘limiga sababchi bo‘lgan sudlanuvchiga 2,4 yillik jazo berilgani yuzasidan izoh berdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"