O'zbekiston

Rossiya O‘zbekistondan bir necha turdagi sabzavot va mevalar olib kirishni chekladi

Cheklov fitosanitariya qoidalarini eng ko‘p buzgan beshta o‘zbekistonlik eksportchiga nisbatan joriy etildi.

Rossiya O‘zbekistondan bir necha turdagi sabzavot va mevalar olib kirishni chekladi

Rosselxoznadzor fitosanitariya qoidabuzarliklari aniqlangani sababli O‘zbekistonning besh eksportchisiga Rossiyaga ayrim meva va sabzavot mahsulotlarini yetkazib berishga cheklov joriy qildi.

 

Rosselxoznadzor ma’lum qilishicha, qaror karantin ostidagi mahsulotlarni olib kirishda karantin obyektlari aniqlanish holatlari ko‘paygani munosabati bilan qabul qilingan.

 

Cheklov oq karam, gulkaram, bosh piyoz, shivit, petrushka, uzum, lavlagi va pomidor mahsulotlarini qamrab oladi. U faqat fitosanitariya qoidalarini eng ko‘p buzgan besh nafar eksportchiga nisbatan qo‘llanadi.

 

Idora ma’lumotiga ko‘ra, 2026-yil boshidan buyon mazkur mahsulotlarda 132 ta karantin obyekti aniqlangan. Ular orasida pomidor mevasining jigarrang burishish virusi, Janubiy Amerika pomidor kuyasi, g‘arbiy (Kaliforniya) gul tripsi hamda tomirlarning nekrotik sarg‘ayishini keltirib chiqaruvchi benivirus bor.

 

Rosselxoznadzor ushbu cheklovlar Rossiya hududiga karantin zararkunandalari va kasalliklari kirib kelishining oldini olish maqsadida joriy etilganini bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"