Jahon

Saudiya Arabistoni yadroviy bitimga ega bo‘lishi uchun Ibrohim kelishuviga qo‘shilishi shart — Tramp

AQSh rahbari valiahd shahzodaga fuqarolik yadro dasturini qo‘lga kiritish uchun o‘z shartlarini qo‘ydi.

Saudiya Arabistoni yadroviy bitimga ega bo‘lishi uchun Ibrohim kelishuviga qo‘shilishi shart — Tramp



Tramp Saudiya Arabiston uran va plutoniyni o‘zida boyitish uchun qirollikni “Ibrohim kelishuvga” qo‘shilish shartini qo‘ygan. Bu haqda “Politico” nashri xabar qildi.



Ushbu kelishuvlar Trampning birinchi prezidentlik davriga borib taqaladigan va bir qator davlatlarning Isroil bilan diplomatik aloqalar o‘rnatishini ta’minlagan fundamental hujjat hisoblanadi.



Tramp o‘zining Truth Social tarmog‘idagi postida tafsilotlari hali to‘liq ochiqlanmagan ushbu kelishuv haqida shunday yozdi: "Bitim tasdiqlanadi, biroq u butunlay Saudiya Arabistonining yuksak hurmatga sazovor va muvaffaqiyatli Ibrohim kelishuvlariga qo‘shilishi shartiga bog‘liq".



"Amerika Qo‘shma Shtatlari fuqarolik (boyitilmagan) yadroviy obyektlariga qarshi emas", — deya qo‘shimcha qildi prezident.



Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu bu g‘oyani zudlik bilan qo‘llab-quvvatladi. Uning idorasi tomonidan berilgan bayonotda qayd etilishicha, Isroil va AQShning Eronga qarshi zarbalari "tinchlik doirasini kengaytirish imkoniyatini yaratdi".



Bayden Saudiyaning bu kelishuvga qo‘shilishini tarixiy burilish deya qayd etdi.



Nashrning yozishicha, Saudiya Arabistonining AQShdagi elchixonasi matbuot kotibi ushbu masala yuzasidan izoh berish so‘roviga bilan javob bermagan.



Chorshanba kuni e’lon qilingan bitim Amerika xavfsizlik kafolatlari uchun asos yaratadi. Biroq The Wall Street Journal nashrining xabar berishicha, ushbu hujjatda Saudiya Arabistonining uranni "oltin standart" asosida boyitmaslik majburiyati yoki Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlikka keng ko‘lamli tekshiruvlar o‘tkazishga ruxsat berish haqidagi bandlar mavjud emas.



Birlashgan Arab Amirliklari bilan 2009-yilda imzolangan yadroviy bitim uchun majburiy shart bo‘lgan ushbu xavfsizlik choralarining chetlab o‘tilishi chorshanba kuni Kongressdagi yadro qurolini tarqatmaslikning ashaddiy tarafdorlarini xavotirga soldi. Ularning fikricha, bu kelishuv kelajakda Saudiya Arabistoniga mamlakat ichida uranni mustaqil boyitish uchun yo‘l ochib berishi mumkin.



Boshqalar esa bu kelishuv Eronni yadro qurolini yaratishga undashi mumkinligidan ogohlantirdi.



Shunga qaramay, Energetika vaziri Kris Rayt chorshanba kungi bayonotida hammani xotirjam bo‘lishga chaqirdi. Unga ko‘ra, ushbu kelishuv dunyodagi eng ilg‘or yadroviy texnologiyalar va olimlarga tayangan holda, yadro xavfsizligi va uni tarqatmaslik bo‘yicha eng yuqori standartlarga to‘liq javob beradi.



Davlat kotibi Marko Rubio ham chorshanba kuni jurnalistlar bilan suhbatda AQSh "dunyodagi hech bir davlat bilan yadro qurolining tarqalishi xavfini keltirib chiqaradigan hech qanday kelishuvga erishmasligini" ta’kidladi.



Vashington va Riyod o‘rtasidagi o‘n yillik o‘zaro muzokaralardan so‘ng amalga oshgan ushbu bitim Amerikaning xususiy kompaniyalari uchun milliardlab dollar daromad keltirishi kutilmoqda.



AQSh va Isroilning Eronga hujum qilishining yagona sababi Eronda uranni boyitish oshganligi va mamlakatni yadro dasturga ega bo‘lishi tobora yaqinlashib borayotgani edi. Ammo AQShning o‘zi endi fuqarolik yadro dasturini Saudiya Arabistoniga bermoqchi. Yaqin Sharqda azaldan Eron va Saudiya Arabistoni o‘rtasida mintaqada yetakchilik borasida raqobat kechadi. Bir tomondan Eron  shia mazhabida bo‘lsa, Saudiya Arabiston sun’iylardan iboratligi ikki mamlakat o‘rtasida diniy nizo borligini ko‘rsatadi. Trampning hozirgi qarori bu raqobat va nizoni kuchaytirib yuboradi.



Eslatib o‘tamiz, avvalroq Amerika Qo‘shma Shtatlari va Saudiya Arabiston o‘rtasida maxfiy kelishuv mavjudligi, fuqarolik yadro dasturi bo‘yicha maxfiy hujjatlar hozirda Oq uyda Tramp imzosini kutib yotgani haqida xabar berilgan edi.

custom img

“Yangi nishonlar va yangi qurollar”: Eron AQShga javob zarbasi bilan tahdid qildi

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi vakili AQSh yangi hujum boshlasa, avval nishonga olinmagan obyektlarga yangi qurollar bilan zarba berilishini ma’lum qildi.

custom img

O‘rmon yong‘inlari xavfi: Fransiyaning uchta departamentida qizil daraja e’lon qilindi

Havoning quruqligi va sekundiga 15 metrgacha bo‘lgan shamol yong‘inlar tarqalishi xavfini oshirmoqda.

custom img

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSH fuqarolarini ogohlantirdi

AQSH elchixonalarining ogohlantirishi Yamandagi husiylar va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi qarama-qarshilik kuchayishi ehtimoli fonida berildi.

custom img

99,85 foiz ovoz: Ramzan Qodirov Checheniston rahbari etib qayta saylandi

Checheniston rahbarligi uchun qolgan 2 nomzod 0,05 foizdan ovoz olgan.

custom img

Tokioda tayfun xavfi: 524 ta reys bekor qilindi

Dujuan tayfuni sabab Tokioda aviaqatnovlardan tashqari poyezd va parom qatnovlari ham cheklanmoqda.

custom img

“Bu uchrashuv ko‘p narsani o‘zgartirishi mumkin” — Zelenskiy

Ukraina prezidenti Donald Tramp bilan Nyu-Yorkda uchrashadi.

custom img

Shifokorlar qarimoqda: JSST 2030-yilga borib tibbiyot xodimlari tanqisligidan ogohlantirdi

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, 122 mamlakatdagi har to‘rtinchi shifokor 55 yoshdan katta.

custom img

Eron Hormuz bo‘g‘ozini ochish shartlarini ma’lum qildi: AQSHdan javob kutilmoqda

Eron AQSH Tehron tomonidan taqdim etilgan shartlarni bajarmaguncha Hormuz bo‘g‘ozini kemalar qatnovi uchun ochmasligini ma’lum qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"