O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev tavallud kuni munosabati bilan yo‘llangan tabriklar uchun minnatdorlik bildirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev tavallud kuni munosabati bilan yo‘llangan tabriklarni Yangi O‘zbekistonning xalqaro nufuzi va xalqqa bildirilgan hurmat ifodasi deb baholadi.

Shavkat Mirziyoyev tavallud kuni munosabati bilan yo‘llangan tabriklar uchun minnatdorlik bildirdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tavallud kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik va ezgu tilaklar uchun minnatdorlik bildirdi.

 

Davlat rahbari o‘z murojaatida uni tabriklagan davlat va hukumat boshliqlari, xorijiy siyosat va jamoat arboblari, ishbilarmon doiralar vakillari, xalqaro tashkilotlar rahbarlari, shuningdek, mamlakatdagi mahallalar va mehnat jamoalari, nuroniylar, yoshlar, xotin-qizlar, tadbirkorlar hamda barcha vatandoshlarga samimiy tashakkur izhor etdi.

 

Prezidentning ta’kidlashicha, uning sha’niga yo‘llangan tabrik va tilaklar, avvalo, O‘zbekiston xalqi va davlatiga bildirilgan yuksak hurmat va ehtirom, shuningdek, Yangi O‘zbekistonning xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori va nufuzi ortib borayotganining e’tirofi hisoblanadi.

 

Shavkat Mirziyoyev, shuningdek, bag‘rikeng va oliyjanob O‘zbekiston xalqiga cheksiz mehr va hurmatini yana bir bor bildirib, mamlakatda erkin, farovon va obod hayot barpo etishga qaratilgan islohotlar xalqning aql-zakovati hamda fidokorona mehnati bilan o‘z samarasini berishiga ishonch bildirdi.

custom img

O‘quvchilar eshakda maktabga qatnamoqda: MMTB izoh berdi

Mutasaddi tashkilotlar o‘quvchilarning maktabga xavfsiz va qulay qatnovini taʼminlash hamda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash choralarini ko‘rib chiqmoqda.

custom img

1,3 gektarlik hududda avtoturargoh: Milliy kutubxona ortidagi loyiha maʼlum qilindi

Toshkentdagi Milliy kutubxona ortidagi hududda davlat-xususiy sheriklik asosida pulli avtoturargoh va jamoat makoni tashkil etish rejalashtirilmoqda.

custom img

Buxoro tarixiy hududida cheklov: elektrosamokat va mopedlar harakati taqiqlanadi

Yangi tartib 2026-yil 1-oktyabrdan kuchga kiradi.

custom img

Hindiston va Bangladesh fuqarolarini OTMlarga qabul qilmaslik bo‘yicha ko‘rsatma berildimi?

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tarqalgan xabarlarga oydinlik kiritdi.

custom img

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Ispaniyada Terres oltin mukofotini qo'lga kiritdi

Ben Kingsli ishtirokidagi “Ma’rifat aks-sadosi” — New York Festivals hamda Kann korporativ media va televideniye festivali finalisti.

custom img

“Yashil makon”da sun’iy intellekt qo‘llaniladi: tuproq, iqlim va suv ta’minoti tahlil qilinadi

Prezident ishlar samaradorligini ekilgan ko‘chatlarning bir, uch va besh yildan keyingi holati asosida baholash zarurligini ta’kidladi.

custom img

Vino shishasi va qadoqlangan ziravorlar: Tailanddan O‘zbekistonga narkotik olib kirilishining oldi olindi

13 kgdan ortiq “gashish moyi”ning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

custom img

Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi: O‘zbekistonda 3 hududda sezildi

Tog‘li Badaxshon hududidagi zilzila 4,9 magnitudani tashkil etgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"