Jahon

Venesueladagi zilzila zarari 20 milliard dollarga yaqinlashdi

Tezkor tiklanish choralari ko‘rilmasa, mamlakatni qayta tiklash 10 yildan ortiq vaqt olishi mumkin.

Venesueladagi zilzila zarari 20 milliard dollarga yaqinlashdi

 

Jahon banki Venesuelada 24-iyun kuni sodir bo‘lgan kuchli zilzilalar oqibatida yetkazilgan moddiy zarar qariyb 19,6 milliard dollarga yetganini ma’lum qildi.

 

Mazkur ma’lumot Jahon bankining Global Rapid Damage Estimation (GRADE) dastlabki baholash hisobotida keltirilgan. Hisobot Venesuela hukumati va xalqaro hamkorlarga tiklanish ishlari ko‘lamini aniqlash hamda ustuvor yo‘nalishlarni belgilash uchun tayyorlangan.

 

Hisob-kitoblarga ko‘ra, umumiy zararning 47 foizi turar-joy binolari, 27 foizi infratuzilma, 26 foizi esa turar joy bo‘lmagan obyektlar, jumladan tijorat va sanoat inshootlariga to‘g‘ri kelgan. Eng katta talafot La Guayra shtati va Poytaxt okrugi hududlarida qayd etilgan.

 

Jahon banki mutaxassislari tiklanish sur’ati mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy tiklanishida hal qiluvchi omil bo‘lishini ta’kidlagan. Hisobotga ko‘ra, qo‘shimcha investitsiyalar jalb etilmasa, infratuzilmani to‘liq tiklash 10 yildan ortiq vaqt olishi va iqtisodiy faollikka uzoq muddatli salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

 

Eslatib o'tamiz, 24-iyun kuni Venesuela shimolida sodir bo‘lgan 7,2 va 7,5 magnitudali ikki zilzila sodir bo'lgan edi. Tabiiy ofat oqibatida minglab binolar zarar ko‘rgan, 5 398 kishi halok bo‘lgan, o‘n minglab aholi esa vaqtinchalik boshpanalarga joylashtirilgan. Jahon banki tezkor va barqaror tiklanish choralarini amalga oshirish iqtisodiy yo‘qotishlarni sezilarli darajada kamaytirishga xizmat qilishini qayd etdi.

custom img

AQSh Ukraina uchun “qishki paket” tayyorlamoqchi — Zelenskiy

Ukraina prezidentining ta'kidlashicha, AQSh Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaroni qish oldidan yoki qish davomida yumshatish choralarini muhokama qilmoqda.

custom img

Makron Yevropa Ittifoqida 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini taqiqlashni taklif qildi

Uning fikricha, bu chora Yevropa Ittifoqidagi barcha bolalarni onlayn xavflardan himoya qilishga xizmat qiladi.

custom img

Olimlar dunyo vaqtini Yerning aylanishidan ajratishni taklif qilmoqda

Bunga Yerning aylanish tezligi o‘zgarayotgani sabab bo‘lmoqda.

custom img

Bishkek Arena 386 million dollarga qurilgan

Qirg‘iziston prezidenti matbuot kotibi stadion 60 million dollarga qurilgani haqidagi xabarlarni rad etdi.

custom img

Serhat Qilich 51 yoshida vafot etdi

U 5-sentyabr kuni Istanbulning Kagithona tumanidagi uyida o‘lik holda topilgan.

custom img

Dehlida talabalar yashaydigan bino qulab, 6 kishi halok bo‘ldi

Hodisaga sabab sifatida binoning yerto‘lasida suv to‘planishi va taʼmirlash ishlari ko‘rsatilgan.

custom img

Tramp Hurmuz bo‘g‘ozi va Oyni AQSHga tegishli deb atadi

AQSH prezidenti Truth Social‘da Hurmuz bo‘g‘ozi suratini “Qo‘shma Shtatlarning yangi hududi”, Oyni esa “bizniki” degan postlarni eʼlon qildi.

custom img

“Rosatom” Qozog‘istonda yangi AES quradi. Bu Rossiyaning Markaziy Osiyodagi ta’sirini kuchaytiradimi?

Moliyaviy qiyinchiliklar fonida “Rosatom” Qozog‘istonning “Balxash” AESini qurish bo‘yicha shartnoma imzoladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"