O'zbekiston

Surxondaryoda voyaga yetmagan qizni zo'rlagan sobiq IIB xodimi 15 yilga qamaldi

Shuningdek, unga ikki yil davomida ichki ishlar organlarida ishlash taqiqi qo‘yildi.

Surxondaryoda voyaga yetmagan qizni zo'rlagan sobiq IIB xodimi 15 yilga qamaldi

 

Surxondaryo viloyatida qizni zo‘rlashda ayblangan sobiq voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha inspektor-psixologga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi.

 

Avvalroq Denov tumani Ichki ishlar bo‘limi Jinoyatchilikning oldini olish bo‘limining sobiq voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha inspektor-psixologi A.R.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida xabar berilgandi.

 

22-iyul kuni Denov tumani Jinoyat ishlari bo‘yicha sudi mazkur ish yuzasidan hukm chiqardi.

 

Sud qaroriga ko‘ra, A.R. Jinoyat kodeksining 118-moddasi 4-qismi (o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan shaxsni zo‘rlash) hamda 206-moddasi 1-qismi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) bilan aybdor deb topildi.

 

Unga 15 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Shuningdek, mahkumning ikki yil davomida ichki ishlar organlarida ishlashi taqiqlandi.

 

Sud hukmiga ko‘ra, A.R. tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘taydi.

custom img

Energetika loyihalarini rejalashtirish tizimi o‘zgartiriladi: yangi boshqaruv modeli taklif qilindi

Endilikda energetika loyihalari, eng avvalo, iqtisodiyot, aholi va hududlarning istiqboldagi ehtiyojidan kelib chiqib shakllantiriladi.

custom img

Tibbiyot chiqindilarini yo‘q qilishdagi muammolar: sog‘liqni saqlash vaziriga senator so‘rovi yuborildi

Tibbiyot chiqindilarini yoqish, maishiy chiqindi sifatida sanitariya-tozalash korxonalariga topshirish holatlari aniqlangani qayd etildi.

custom img

2030-yilgacha yangi podstansiyalar quriladi: 5 ming kilometrlik elektr tarmog‘i barpo etiladi

Bu yangi elektr stansiyalarini energotizimga ulash, hududlar o‘rtasida quvvat almashinuvini kengaytirish imkonini beradi.

custom img

22 mingdan ortiq sayyoh: Fransiya O‘zbekistonga turistlar oqimi bo‘yicha Yevropaning top-5 mamlakatiga kirdi

Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 20,6 foizga ko‘p.

custom img

5 yoshli qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik: Namanganda bog‘cha ombor mudiri tarbiyalanuvchi qizni zo‘rladi

Jabrlanuvchi bolaning qonuniy manfaatlari Bolalar ombudsmani tomonidan kuzatilmoqda.

custom img

150 mingta ish, 70 mingta bekor qilingan qaror: Prezident maʼmuriy odil sudlovni yangi bosqichga olib chiqish takliflari bilan tanishdi

Ma’muriy odil sudlovni rivojlantirishning yangi bosqichida 15 ga yaqin huquqiy institutni joriy etish taklif qilindi.

custom img

XDP Toshkentdagi jamoat transporti tariflari bo‘yicha o‘z pozitsiyasini bildirdi

Toshkentda avtobus va metroda bir martalik elektron to‘lov tarifini qariyb 47 foizga oshirish taklifi muhokama qilinayotgan bir paytda partiya o‘quvchilar uchun imtiyozli tarif joriy etishni taklif qildi.

custom img

O‘quvchini urib, sudragan: Toshkentda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi

O‘qituvchiga hayfsan berilib, mehnat shartnomasini bekor qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"