O'zbekiston

Prezident Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni sog‘liqni saqlash vazirini qabul qildi

O‘zbekiston Prezidenti Saudiya Arabistoni bilan ustuvor loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni sog‘liqni saqlash vazirini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28-iyul kuni Saudiya Arabistoni Podshohligi sog‘liqni saqlash vaziri Fahad bin Abdulrahmon al-Jalajil boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

 

 

Uchrashuv avvalida oliy martabali mehmon davlat rahbariga Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saud va Valiahd, Bosh vazir Muhammad bin Salmon Ol Saudning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

 

 

So‘nggi yillarda hamkorlik jadal rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Ayniqsa, “ACWA” kompaniyasi bilan yirik qo‘shma loyihalar amalga oshirilayotgani alohida ta’kidlandi.

 

 

Tashrif doirasida Saudiya Arabistonining yetakchi kompaniyalari rahbarlaridan iborat nufuzli delegatsiya bilan samarali muzokaralar o‘tkazilib, qator kelishuvlarga erishildi.

 

Muloqot davomida O‘zbekistonda tibbiyot sohasini raqamlashtirish va modernizatsiya qilish, farmatsevtika tarmog‘ini tartibga solish, kadrlar tayyorlash, ko‘p tarmoqli shifoxona barpo etish masalalariga e’tibor qaratildi.

 

Uchrashuv yakunida yangi loyiha hamda tashabbuslarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish va qabul qilishga kelishib olindi.

 

custom img

Buxoro tarixiy hududida cheklov: elektrosamokat va mopedlar harakati taqiqlanadi

Yangi tartib 2026-yil 1-oktyabrdan kuchga kiradi.

custom img

Hindiston va Bangladesh fuqarolarini OTMlarga qabul qilmaslik bo‘yicha ko‘rsatma berildimi?

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tarqalgan xabarlarga oydinlik kiritdi.

custom img

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Ispaniyada Terres oltin mukofotini qo'lga kiritdi

Ben Kingsli ishtirokidagi “Ma’rifat aks-sadosi” — New York Festivals hamda Kann korporativ media va televideniye festivali finalisti.

custom img

“Yashil makon”da sun’iy intellekt qo‘llaniladi: tuproq, iqlim va suv ta’minoti tahlil qilinadi

Prezident ishlar samaradorligini ekilgan ko‘chatlarning bir, uch va besh yildan keyingi holati asosida baholash zarurligini ta’kidladi.

custom img

Vino shishasi va qadoqlangan ziravorlar: Tailanddan O‘zbekistonga narkotik olib kirilishining oldi olindi

13 kgdan ortiq “gashish moyi”ning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

custom img

Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi: O‘zbekistonda 3 hududda sezildi

Tog‘li Badaxshon hududidagi zilzila 4,9 magnitudani tashkil etgan.

custom img

Rossiya, Vetnam va Tailanddagi tajriba: Chirchiqda narkolaboratoriya fosh etildi

Giyohvandlik vositalarini tayyorlash va sotish bilan shug‘ullangan 4 nafar fuqaro ushlandi.

custom img

“Mutlaqo xavfsiz”, “nojo‘ya taʼsiri yo‘q”: Raqobat qo‘mitasi tibbiy xizmatlar reklamasi bo‘yicha ogohlantirdi

Qo‘mita tibbiy xizmatlar reklamasida davolash natijasini kafolatlash, mutlaq xavfsizlikni vaʼda qilish yoki qarshi ko‘rsatmalarni inkor etishga yo‘l qo‘yilmasligini eslatdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"