O'zbekiston

Prezident Shavkat Mirziyoyev temir yo‘l transporti sohasi xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston temir yo‘l tizimini yanada modernizatsiya qilish bo‘yicha rejalarni ma’lum qildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev temir yo‘l transporti sohasi xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Temir yo‘l transporti xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llagan tabrigida O‘zbekiston temir yo‘l tizimini modernizatsiya qilish ishlari davom etishini bildirib, yaqin yillarda yuzlab zamonaviy yo‘lovchi vagonlari va yuqori texnologik poyezdlar xarid qilinishini ma’lum qildi.

 

Prezidentning ta’kidlashicha, so‘nggi yillarda temir yo‘l transporti sohasida amalga oshirilgan islohotlar natijasida 2 ming 400 kilometrdan ortiq yangi temir yo‘l tarmoqlari qurilib foydalanishga topshirildi, 3 ming kilometrdan ziyod yo‘llar elektrlashtirildi hamda 1 ming 100 kilometrdan ortig‘i reabilitatsiya qilindi.

 

Davlat rahbari Samarqand–Urgut, Baytqo‘rg‘on–Parkent va Urganch xalqaro aeroporti–Xiva temir yo‘l tarmoqlari barpo etilgani, Navoiy–Buxoro uchastkasining ikkinchi elektrlashtirilgan liniyasi ishga tushirilganini qayd etdi. Shuningdek, Maroqand–Navoiy, Buxoro–Urganch–Xiva, Miskin–Nukus va Qumqo‘rg‘on–Quduqli yo‘nalishlarini elektrlashtirish ishlari davom etayotgani bildirildi.

 

Shavkat Mirziyoyev mamlakatni xalqaro transport yo‘laklari bilan bog‘laydigan Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi hamda Afg‘oniston bilan temir yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik O‘zbekistonning mintaqaviy transport va tranzit markazi sifatidagi mavqeini mustahkamlayotganini ta’kidladi.

 

Prezident, shuningdek, Janubiy Koreyaning Hyundai Rotem kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan yangi yuqori tezlikdagi "Jaloliddin Manguberdi" elektropoyezdi Toshkent–Xiva–Toshkent yo‘nalishida qatnovni boshlaganini eslatdi.

 

Davlat rahbari yaqin yillarda yuzlab zamonaviy yo‘lovchi vagonlari va yuqori texnologik poyezdlar xarid qilinishi, temir yo‘l infratuzilmasi kengaytirilishi, vokzallar modernizatsiya qilinishi hamda sohada raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt imkoniyatlari keng joriy etilishini ma’lum qildi.

 

So‘zining yakunida Prezident temir yo‘l transporti sohasi xodimlarini kasb bayrami bilan tabriklab, ularga sihat-salomatlik, oilaviy baxt va mehnat faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.