O'zbekiston

Toshkentdagi Islom Karimov yodgorlik majmuasi atrofi aholi uchun ochilmoqda

Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasiga tutash 37 gektar hududni kompleks rivojlantirish ishlari boshlandi. Avvalroq Saida Mirziyoyeva poytaxtdagi istirohat bog‘larini ko‘zdan kechirgandi.

Toshkentdagi Islom Karimov yodgorlik majmuasi atrofi aholi uchun ochilmoqda

Iyul oyida Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva poytaxtdagi istirohat bog‘larini ko‘zdan kechirgan edi. O‘shanda shahardagi bog‘lar holati o‘rganilib, ularda aholi muntazam dam olishi uchun barcha zarur sharoitlarni yaratish rejalashtirilayotgani ma’lum qilingandi.

 

Bugun Toshkent shahridagi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasiga tutash 37 gektar maydondagi park hududini kompleks rivojlantirish va uni aholi uchun qulay ochiq jamoat makoniga aylantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar boshlandi.

 

Ma’lum qilinishicha, loyiha doirasida park hududini zamonaviy shaharsozlik talablari va aholi ehtiyojlariga moslashtirish maqsadida ochiqlik va qulaylikni ta’minlash, ekologik holatni yaxshilash, yashil hududlarni kengaytirish hamda zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish ishlari amalga oshiriladi.

 

Qayd etilishicha, mazkur tashabbuslar poytaxtdagi ekologik vaziyatni yaxshilash, aholi uchun qulay sharoit yaratish hamda markaziy ko‘chalar va ularga tutash hududlarda yashil maydonlar va bog‘larni kengaytirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlarning bir qismi hisoblanadi.

custom img

616 mln so‘mlik mukofot: “Yil o‘qituvchisi” g‘oliblari aniqlandi

Tanlovda 46 mingdan ortiq pedagog ishtirok etdi. G‘oliblar uch bosqichda saralandi.

custom img

17 yoshli o‘quvchi gashish bilan ushlandi: jo‘natma Rossiyadan yuborilgan

Giyohvandlik vositalari konserva qutisiga yashirilgan bo‘lgan.

custom img

Toshkentda havo keskin ifloslandi: mutaxassislar asosiy sabablarni ma’lum qildi

19-sentyabr soat 21:00 dan 20-sentyabr soat 04:00 gacha Toshkentda havo sifati vaqtincha yomonlashib, AQI 101–150 — sezgir guruhlar uchun zararli darajaga yetishi mumkin.

custom img

Qoraqalpog‘istonni rivojlantirish va aholi farovonligini oshirish bo‘yicha yangi vazifalar belgilandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Qoraqalpog‘istonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

custom img

Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi Raisiga “general-mayor” unvoni berildi

Shuningdek, qoraqalpoq xalqining buyuk farzandi, shoir va mutafakkir Berdaq Qarg‘abay o‘g‘li tavalludining 200 yilligini munosib nishonlash dasturlarini ishlab chiqish topshirildi.

custom img

1 yillik magistratura joriy etiladi: yangi o‘quv yilidan taʼlimning ikki yo‘nalishi belgilanadi

Amaliy dasturga yo‘naltirilgan magistratura bitiruvchilari mutaxassisligiga qarab loyiha, startap, konstruktorlik loyihasi yoki boshqa amaliy ishni tayyorlab, himoya qiladi.

custom img

2,1 mlrd kub metr suv yo‘qotilmoqda: Qoraqalpog‘istonda kanallar betonlanadi

Qoraqalpog‘istonda 417 ming gektar ekin yerini sug‘orishga yiliga 5,7 milliard kub metr suv sarflanmoqda. Shundan 38 foizi, yaʼni 2 milliard 100 million kub metr suv yo‘qotilmoqda.

custom img

17,5 foizdan 12 foizgacha: Qoraqalpog‘istonda oilaviy tadbirkorlik kreditlari arzonlashtiriladi

Kelasi yili “drayver” loyihalarga 100 million dollar yo‘naltirilib, kamida 50 ming odamni daromadli qilish maqsad qilingan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"