O'zbekiston

“Toshkentga 'yashil shahar' maqomi qaytariladi” — Saida Mirziyoyeva

Saida Mirziyoyeva Toshkentdagi qator bog‘ va jamoat maskanlarini ko‘zdan kechirdi.

“Toshkentga 'yashil shahar' maqomi qaytariladi” — Saida Mirziyoyeva

Prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Toshkent shahridagi qator muhim obyektlarni ko‘zdan kechirib, poytaxtni yanada ko‘kalamzorlashtirish va yashil hududlarni kengaytirish bo‘yicha rejalarni ma’lum qildi.

 

 

Uning ta’kidlashicha, Toshkent jadal rivojlanayotgan bo‘lsa-da, shaharda yashil hududlar yetarli emas. Shu bois yangi istirohat bog‘larini barpo etish va atrof-muhitni ko‘kalamzorlashtirish poytaxt kelajagi uchun ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.

 

 

Qayd etilishicha, Afrosiyob ko‘chasidagi bog‘da aholi erkin dam olishi uchun zarur sharoitlar yaratiladi. Shuningdek, Sayilgoh ko‘chasi, Amir Temur shohko‘chasi va unga tutash hududlarni yangilash, Bobur nomidagi Ekopark hamda Mirzo Ulug‘bek nomidagi bog‘ maydonlarini kengaytirish masalalari ham muhokama qilingan.

 

 

Saida Mirziyoyeva asosiy maqsad Toshkentga "yashil shahar" maqomini qaytarish, fuqarolar uchun mazmunli hordiq chiqarish va sayr qilish imkonini beruvchi ochiq maydonlarni ko‘paytirish ekanini ta’kidladi.

 

 

Shuningdek, u qulay va xavfsiz shahar muhitini rivojlantirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini izchil davom ettirish hamda mavjud infratuzilmadan samarali foydalanish zarurligini qayd etdi. 

 

“Shahar aholisining turmush darajasini yaxshilash yo‘lida bu masalalarni hal etishga zudlik bilan kirishmoq juda muhim”, deya yozdi Mirziyoyeva.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.