O'zbekiston

Prezident “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” tanlovi g‘oliblarini tabrikladi

Tanlovning uch bosqichida 124 mingdan ziyod yosh ishtirok etib, yakunda 10 ta kasb yo‘nalishi bo‘yicha 120 nafar g‘olib va sovrindor aniqlandi.

Prezident “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” tanlovi g‘oliblarini tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovi g‘olib va sovrindorlarini tabrikladi.

 

Davlat rahbari murojaatida zamonaviy iqtisodiyot, raqamli texnologiyalar va yangi korxonalar o‘z kasbining ustasi bo‘lgan, raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash va rag‘batlantirishni talab etayotganini ta’kidladi.

 

Ilk bor Prezident sovrini uchun tashkil etilgan tanlov uch bosqichda o‘tkazilgan. Uning dastlabki — tuman va shahar bosqichida 124 ming nafardan ziyod yosh ishtirok etgan. Hududiy bosqichda esa qariyb 7 ming nafar ishtirokchi qatnashgan bo‘lib, ularning 3,5 ming nafari o‘zini o‘zi band qilgan mahalla yoshlari bo‘lgan.

 

Tanlov jarayonida 22 ming nafar yosh uchun ishlash, ta’lim olish yoki mehnat bozorida o‘z o‘rnini topish imkoniyati yaratilgan.

 

Shuningdek, qariyb 8,9 ming nafar ishtirokchiga ishga joylashish uchun yo‘llanmalar berilgan, 4 470 nafar yosh texnikumlarda o‘qish uchun tavsiya etilgan. Chet elda ishlashni rejalashtirgan 8 340 nafarga yaqin yosh xorijiy ish beruvchilar tanlovlariga yo‘naltirilgan. Tanlov yakunida 10 ta kasb yo‘nalishida 120 nafar ishtirokchi g‘olib va sovrindor deb topilgan.

 

Shavkat Mirziyoyev g‘oliblar va yuqori natija ko‘rsatgan ishtirokchilar orasidan O‘zbekiston terma jamoasini shakllantirib, ularni WorldSkills International xalqaro tanloviga tayyorlash zarurligini ta’kidladi.

 

Buning uchun eng kuchli mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb etish, jamoani zamonaviy uskunalar va o‘quv-mashq bazasi bilan ta’minlash rejalashtirilgan.

 

Prezident yoshlarni yangi bilim va texnologiyalarni egallash, xorijiy tillarni o‘rganish hamda o‘z kasbi bo‘yicha ilg‘or mutaxassis bo‘lishga chaqirdi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Prezident “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” tanlovi g‘oliblarini tabrikladi | Zamon.uz