Jahon

Tataristonda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning oilalariga 2 mln rubldan beriladi

Jarohatlanganlarga esa jarohat darajasiga qarab 300 mingdan 600 ming rublgacha kompensatsiya to‘lanadi.

Tataristonda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning oilalariga 2 mln rubldan beriladi

 

Tataristonning Nijnekamsk shahrida 10-avgust kuni sodir bo‘lgan dron hujumi oqibatida halok bo‘lganlarning oilalariga 2 million rubldan bir martalik moddiy yordam ko‘rsatiladi. Bu haqda Tatariston hukumati matbuot xizmati ma’lum qildi.

 

Tatariston Raisi Rustam Minnixanov qaroriga ko‘ra, hujum oqibatida halok bo‘lgan har bir fuqaroning oilasiga 2 million rubl miqdorida kompensatsiya to‘lanadi.

 

Shuningdek, jabrlanganlarga tan jarohatlarining og‘irlik darajasiga qarab moddiy yordam ajratiladi. Og‘ir va o‘rtacha og‘ir jarohat olganlarga 600 ming rubl, yengil jarohat olganlarga esa 300 ming rubl to‘lanadi.

 

Bundan tashqari, hujum oqibatida mol-mulki zarar ko‘rgan fuqarolarga ham kompensatsiya berilishi belgilangan. Muhim mol-mulk to‘liq yo‘qotilgan taqdirda 156 ming rubldan ortiq, qisman yo‘qotilgan holatlarda esa 78,3 ming rubl miqdorida moddiy yordam ko‘rsatiladi.

 

Mablag‘lar Tatariston Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi hisobidan ajratiladi.

 

Eslatib o‘tamiz, 10-avgust kuni Nijnekamskdagi sanoat va fuqarolik obyektlariga dron hujumi uyushtirilgan. Hodisa oqibatida 13 kishi, jumladan, bir bola halok bo‘lgan, 70 dan ortiq kishi tibbiy yordamga murojaat qilgan, 21 kishi shifoxonaga yotqizilgan. Halok bo‘lganlar orasida O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari ham borligi xabar qilingan edi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.