O'zbekiston

Tataristonda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning jasadlari Vatanga olib kelindi

Dronlar hujumi oqibatida 8 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgan edi.

Tataristonda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning jasadlari Vatanga olib kelindi

 

Rossiyaning Tatariston Respublikasi Nijnekamsk shahrida 10-avgust kuni sodir bo‘lgan dronlar hujumi oqibatida halok bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolarining jasadlari O‘zbekistonga olib kelindi. Bu haqda Tashqi ishlar Vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

 

Hujum oqibatida Nijnekamskdagi qurilish korxonasida ishlagan 8 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgan, yana bir qator yurtdoshlarimiz turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonalarga joylashtirilgan edi.

 

O‘zbekiston Prezidentining topshirig‘iga muvofiq tuzilgan Hukumat komissiyasi tomonidan halok bo‘lgan fuqarolarning jasadlarini Vatanga olib kelish, jabrlanganlarga tibbiy va boshqa zarur yordam ko‘rsatish hamda ularning oila a’zolarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi.

 

O‘zbekistonning Rossiyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi B. Asadov hamda O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsuli N. Qosimov voqea joyiga borib, mahalliy mas’ul idoralar bilan muzokaralar o‘tkazgan.

 

Ko‘rilgan choralar natijasida 12-avgust kuni maxsus aviareys orqali halok bo‘lgan fuqarolarning jasadlari O‘zbekistonga olib kelindi.

 

Tashqi ishlar vazirligi mazkur holat bilan bog‘liq barcha masalalarni, jumladan, jabrlangan fuqarolarga zarur yordam ko‘rsatish jarayonlarini Rossiya tomoni bilan hamkorlikda nazoratga olgan.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.