O'zbekiston

Tomdi tuman sudi raisi lavozimiga majburan tayinlangani haqidagi xabarlar rad etildi

Sudyalar oliy kengashi uning tayinlovi YTH bilan bog‘liq ekani haqidagi taxminlarni asossiz deb atadi.

Tomdi tuman sudi raisi lavozimiga majburan tayinlangani haqidagi xabarlar rad etildi

 

Sudyalar oliy kengashi Tomdi tuman sudi raisi Aziza Mirzayevaning lavozimga go‘yoki majburiy ravishda tayinlangani hamda uning yashash joyidan boshqa hududda faoliyat yuritgani YTHga sabab bo‘lgani haqidagi tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi.

 

Kengash ma’lumotiga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarda marhumaning Tomdi tuman sudi raisi lavozimiga “majburiy rozilik” asosida tayinlangani haqidagi taxminlar tarqalgan. Qayd etilishicha, bu iddaolarni tasdiqlovchi ishonchli dalil yoki huquqiy asos mavjud emas.

 

Aziza Mirzayeva mazkur lavozim uchun o‘zining yozma arizasi va roziligi asosida tanlovda ishtirok etgan. Sudyalar oliy kengashining 2024-yil 18-dekabrdagi qarori bilan u sudyalik lavozimida bo‘lishning dastlabki besh yillik muddatiga Tomdi tuman sudi raisi etib tayinlangan.

 

Shuningdek, Mirzayeva sudyalik lavozimiga tayinlangan vaqtda Samarqand viloyatida u faoliyat yuritgan sudda bo‘sh sudyalik lavozimi mavjud bo‘lmagani ma’lum qilingan.

 

Kengash ta’kidlashicha, sudyalarning boshqa hududlarda faoliyat yuritishi qonunchilikda belgilangan tartibda mavjud bo‘sh lavozimlar uchun o‘tkaziladigan tanlov asosida amalga oshiriladi.

 

Shuningdek, Aziza Mirzayevaning lavozimga tayinlanishi bilan uning 15-avgust kuni sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida vafot etishi o‘rtasida sababiy bog‘liqlik mavjudligi haqida rasmiy xulosa yo‘q.

 

Hodisaning kelib chiqish sabablari va boshqa holatlariga huquqiy baho vakolatli organlar tomonidan o‘tkaziladigan tekshiruv yakunlariga ko‘ra beriladi.

 

Eslatib o'tamiz, avvalroq 15-avgust kuni Zarafshon–Tomdi avtomobil yo‘lida Aziza Mirzayeva boshqaruvidagi Cobalt yo‘l-transport hodisasiga uchragani xabar qilingan edi. Avtomobil yo‘ldan chiqib, ag‘darilishi oqibatida sudya og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.