O'zbekiston

Birinchi qoidabuzarlik uchun tadbirkorga ogohlantirish beriladi

Fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga, shuningdek, boshqa shaxslarning mol-mulkiga zarar yetmagan taqdirda, darhol jarima qo‘llanmaydi. Tadbirkorga kamchilikni bartaraf etishga 10 kun beriladi.

Birinchi qoidabuzarlik uchun tadbirkorga ogohlantirish beriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Xorazm viloyatida tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan VI ochiq muloqotida iqtisodiy va moliyaviy jarimalarni qo‘llash bo‘yicha yangi yondashuv ma’lum qilingandi.

 

Biznes-ombudsmanga ko‘ra, endilikda “birinchi qoidabuzarlik uchun — ogohlantirish” tamoyili joriy etiladi. Agar qoidabuzarlik tadbirkor tomonidan birinchi marta sodir etilgan bo‘lsa, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga, shuningdek, boshqa shaxslarning mol-mulkiga zarar yetmagan taqdirda, darhol jarima qo‘llanmaydi.

 

Bunday holatda tadbirkorga aniqlangan kamchilikni bartaraf etish uchun 10 kun muddat beriladi.

 

Yangi tartib birinchi xato uchun javobgarlikni butunlay bekor qilishni anglatmaydi. Asosiy maqsad — tadbirkorni darhol jazolash o‘rniga, unga aniqlangan kamchilikni ixtiyoriy ravishda tuzatish imkonini berish.

 

Shuningdek, yangi yondashuv ma’muriy bosimni kamaytirish, nazorat tadbirlarini profilaktik yo‘nalishga o‘tkazish va tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan.

 

Agar ogohlantirish tamoyiliga rioya qilinmagan yoki tadbirkorga asossiz ravishda jarima qo‘llangan deb hisoblansa, u Biznes-ombudsmanga murojaat qilishi mumkin.

 

Qayd etilishicha, yangi tartibda asosiy e’tibor tadbirkorni jazolashga emas, qoidabuzarlikni bartaraf etish va kelgusida uning takrorlanishining oldini olishga qaratiladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.