O'zbekiston

Toshkent hayvonot bog‘ida hayvonlarga tosh otgan shaxs jarimaga tortildi

Qoidabuzar o‘z qilmishi uchun uzr so‘ragan.

Toshkent hayvonot bog‘ida hayvonlarga tosh otgan shaxs jarimaga tortildi

 

Toshkent hayvonot bog‘ida hayvonlarga nisbatan nomaqbul munosabatda bo‘lgan tashrif buyuruvchining shaxsi aniqlandi. Bu haqda hayvonot bog‘i matbuot xizmati ma’lum qildi.

 

O‘tkazilgan choralar natijasida qoidabuzarning shaxsi aniqlanib, u o‘z qilmishi uchun uzr so‘ragan. Ichki ishlar organlari profilaktika inspektori qaroriga ko‘ra, unga 2 million 884 ming so‘m miqdorida jarima solingan.

 

Hayvonot bog‘i mazkur holat yuzasidan befarq bo‘lmagan fuqarolarga minnatdorlik bildirgan.

 

Ta’kidlanishicha, hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabat qonunchilikda belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi. Jonivorlarga zarar yetkazgan shaxslar qonun doirasida javobgarlikka tortiladi.

 

Avvalroq hayvonot bog‘iga tashrif buyurgan shaxs sher Aleks va jayralarga tosh otgani haqida xabar berilgan edi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.