O'zbekiston

Maktablarda yangi o‘quv yili 2-sentabrdan boshlanadi

795 mingdan ortiq birinchi sinf o‘quvchisiga 12 nomdagi o‘quv qurollaridan iborat “Prezident sovg‘asi” topshiriladi.

Maktablarda yangi o‘quv yili 2-sentabrdan boshlanadi

 

O‘zbekistondagi barcha umumta’lim maktablarida 2026/2027-o‘quv yili 2-sentabr, chorshanba kuni boshlanadi.

 

Yangi o‘quv yilida maktabga ilk bor qadam qo‘yadigan 795 mingdan ortiq birinchi sinf o‘quvchisiga 12 nomdagi o‘quv qurollaridan iborat “Prezident sovg‘asi” topshiriladi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2026/2027-o‘quv yilida akademik litsey va texnikumlarda o‘quv jarayonlari 2-sentabrdan boshlanishi ma’lum qilingan edi.

 

Oliy ta’lim tashkilotlarida esa yangi o‘quv yili:

  • 1-bosqich talabalari uchun — 7-sentabrdan;

  • 2-bosqich va undan yuqori bosqich talabalari uchun — 14-sentabrdan boshlanadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"