O'zbekiston

Tadbirkorlarga qo‘llanadigan jarimalar o‘rtacha 2 barobarga kamaytiriladi

Bu o‘zgarish biznesga tushadigan ma’muriy bosimni kamaytirish va nazoratni profilaktikaga yo‘naltirishga xizmat qiladi.

Tadbirkorlarga qo‘llanadigan jarimalar o‘rtacha 2 barobarga kamaytiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Xorazmda tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan VI ochiq muloqotida biznesga nisbatan ma’muriy bosimni kamaytirishga qaratilgan yangi yondashuvlar ma’lum qilindi.

 

Biznes-ombudsman ma’lumotiga ko‘ra, hozirda 51 ta idora moliyaviy jarima qo‘llash vakolatiga ega. Jarimaning bir qismi uni qo‘llagan idoraga tushishi ayrim rahbarlarda nazoratni tadbirkorlar faoliyatini tekshirish va jarima undirishga yo‘naltirish xavfini yuzaga keltirayotgani tanqid qilindi.

 

Shu munosabat bilan tadbirkorlarga qo‘llanadigan barcha turdagi jarimalar miqdorini o‘rtacha 2 barobarga kamaytirish taklif qilindi.

 

Yangi yondashuvda jarimaning asosiy vazifasi mablag‘ yig‘ish emas, balki sohada qonuniy tartib va intizomni ta’minlash hamda huquqbuzarliklarning oldini olishdan iborat bo‘lishi ko‘zda tutilmoqda.

 

Prezident nazorat idoralari faoliyatida tartib-intizom va profilaktikaga ustuvor ahamiyat berish zarurligini ta’kidladi. Ya’ni, tadbirkorni jazolashdan ko‘ra, qoidabuzarliklarning oldini olish va qonuniy faoliyat yuritishi uchun sharoit yaratishga e’tibor qaratiladi.

 

Shuningdek, ochiq muloqotda moliyaviy jarima qo‘llash vakolatiga ega idoralar faoliyatida ma’muriy bosimni kamaytirish zarurligi qayd etildi. Tadbirkorlik subyekti huquqlari buzilgan yoki asossiz jarima qo‘llangan deb hisoblasa, Biznes-ombudsmanga murojaat qilishi mumkin.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.