O'zbekiston

“Birorta bozor yopilmaydi va o‘z funksiyasini yo‘qotmaydi” — Shavkat Umurzoqov

Toshkent shahar hokimi investorlarga taklif etilayotgan 35 ta bozor va savdo majmualari haqida ma’lumot berdi.

“Birorta bozor yopilmaydi va o‘z funksiyasini yo‘qotmaydi” — Shavkat Umurzoqov

 

Toshkent shahrida bozorlar va savdo majmualarini zamonaviy talablar asosida rivojlantirish bo‘yicha yangi loyihalar amalga oshirilmoqda. Bu haqda poytaxt hokimi Shavkat Umurzoqov O‘zAga bergan intervyusida ma’lum qildi.

 

Hokimning ta’kidlashicha, 35 ta davlat bozori va savdo majmuasi investorlarga taklif etilmoqda. Ular qatorida “Sergeli” avtomobil bozori, “O‘rikzor”, “Qo‘yliq” kabi yirik bozorlar ham bor.

 

Shavkat Umurzoqov bozorlarga investitsiya jalb qilish jarayonida ularning faoliyati to‘xtatilmasligini alohida ta’kidladi.

 

“Bir narsani aniq aytaman: birorta bozor yopilmaydi va o‘z funksiyasini yo‘qotmaydi”, — dedi hokim.

 

Investorlar oldiga uchta asosiy shart qo‘yiladi. Jumladan, ular belgilangan hajmdagi savdo rastalarini zamonaviy shaklda qurib, davlatga topshirishi, mavjud tadbirkorlarning ish o‘rinlarini saqlab qolishi hamda yetarli sig‘imdagi avtoturargohlarni barpo etishi kerak bo‘ladi.

 

Investorlar samarasiz foydalanilayotgan maydonlarda savdo, xizmat ko‘rsatish va ko‘ngilochar obyektlarni tashkil etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

 

Shuningdek, Toshkentda 200 mingta avtomobilga mo‘ljallangan ko‘p qavatli va yerosti avtoturargohlar uchun joylar belgilangan. Ushbu maydonlar Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi bilan hamkorlikda aniqlangan va bosqichma-bosqich auksionga chiqariladi.

 

Hokim avtoturargohlar masalasida avvalgi xatolarga ham to‘xtaldi. Uning qayd etishicha, ilgari avtoturargohlar uchun ajratilgan ayrim yerlarda biznes markazlari qurib yuborilgan.

 

“Afsuski, ilgari avtoturargoh uchun ajratilgan ko‘plab yerlarda biznes markazlar qurilib ketilgan. Bunaqa xatolar takrorlanmasligi uchun bugungi kunda tegishli organlar bilan bu masalani qattiq nazorat ostiga olganmiz”, — dedi u.

 

Bundan tashqari, poytaxtda umumiy uzunligi 140 kilometrga yaqin bo‘lgan 100 ga yaqin ko‘cha 24/7 ishlaydigan turistik va gavjum ko‘chalar sifatida toifalarga ajratilgan. Hozircha sinov tariqasida tun-u kun faoliyat yuritadigan 8 ta ko‘cha tashkil etilgan.

 

Ushbu ko‘chalarda ishlar faqat obodonlashtirish va qurilish bilan cheklanmaydi. Infratuzilmani boshqarish, hududlarni ozoda saqlash va turli tadbirlarni tashkil etish uchun maxsus boshqaruv kompaniyalari ham jalb qilinmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.