Jahon

AQSh BMT oldidagi qarzini 725 million dollarga kamaytirmoqchi

Mamlakatning tashkilotga qarzi 4 milliard dollardan ortiq ekani aytilmoqda.

AQSh BMT oldidagi qarzini 725 million dollarga kamaytirmoqchi

 

AQSh ma’muriyati Birlashgan Millatlar Tashkilotiga 725 million dollar to‘lash jarayonini boshlagan. Bu haqda Reuters AQSh Davlat departamenti ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, mazkur to‘lov AQShning BMT oldidagi qarzdorligini kamaytirishga qaratilgan. Vashingtonning BMTga qarzi 4 milliard dollardan ortiq ekani aytilmoqda. Biroq AQSh tomoni o‘z hisob-kitoblarida qarzdorlik miqdorini bundan ancha past deb baholamoqda.

 

Mutaxassislarning fikricha, AQSh tomonidan qarzlarni to‘lash kechiktirilishi davom etsa, mamlakatning BMTdagi ovoz berish huquqi cheklanishi mumkin.

 

AQSh BMTning eng yirik moliyaviy donori hisoblanadi. Shu bilan birga, Vashington muntazam byudjet badallarini to‘lashni kechiktirgan hamda BMT tizimidagi tashkilotlarni ixtiyoriy moliyalashtirish hajmini qisqartirgan.

 

BMT esa a’zo davlatlarning to‘lovlarni kechiktirishi sababli likvidlik muammosiga duch kelmoqda. Xitoyning tashkilot oldidagi qarzi ham qariyb 455 million dollarni tashkil etishi qayd etilgan.

 

Eslatib o'tamiz, avvalroq AQSHning jami davlat qarzi 40,047 trillion dollarga yetgani xabar qilingan edi.

custom img

Serhat Qilich 51 yoshida vafot etdi

U 5-sentyabr kuni Istanbulning Kagithona tumanidagi uyida o‘lik holda topilgan.

custom img

Dehlida talabalar yashaydigan bino qulab, 6 kishi halok bo‘ldi

Hodisaga sabab sifatida binoning yerto‘lasida suv to‘planishi va taʼmirlash ishlari ko‘rsatilgan.

custom img

Tramp Hurmuz bo‘g‘ozi va Oyni AQSHga tegishli deb atadi

AQSH prezidenti Truth Social‘da Hurmuz bo‘g‘ozi suratini “Qo‘shma Shtatlarning yangi hududi”, Oyni esa “bizniki” degan postlarni eʼlon qildi.

custom img

“Rosatom” Qozog‘istonda yangi AES quradi. Bu Rossiyaning Markaziy Osiyodagi ta’sirini kuchaytiradimi?

Moliyaviy qiyinchiliklar fonida “Rosatom” Qozog‘istonning “Balxash” AESini qurish bo‘yicha shartnoma imzoladi.

custom img

Tramp Putin va Zelenskiy bilan telefon orqali gaplashishi kutilmoqda

AQSH ma’muriyatining Ukraina bo‘yicha yangi tinchlik paketi ustida ishlayotgani aytilmoqda.

custom img

Mayami xalqaro aeroportida Боэинг yuk samolyoti halokatga uchradi: 5 kishi halok bo‘ldi

Yuk samolyoti qo‘nish vaqtida uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketib, avtomobillarga urilgan.

custom img

Indoneziyada vulqon otilishi sabab 8 ta aeroport yopildi

Vulqon kullari tarqalishi oqibatida Jakarta va Bali aeroportlarida aviaqatnovlar cheklanib, ayrim reyslar bekor qilindi.

custom img

Lavrov Germaniyani Rossiyaga qarshi “haqiqiy urush boshlash”da aybladi

Germaniyaning Rossiya maxsus xizmatlarini Leypsig/Halle aeroportidagi dron hujumiga aloqadorlikda ayblagani Lavrovning tanqidiga sabab bo‘ldi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"