Jahon

Netanyaxu Erdog‘anni keskin tanqid qildi

Isroil Turkiyaning Netanyaxuni xalqaro qidiruvga berish haqidagi talabiga javob berdi.

Netanyaxu Erdog‘anni keskin tanqid qildi

 

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu idorasi Turkiyaning Netanyaxuga nisbatan Interpol orqali “qizil ogohlantirish” e’lon qilish haqidagi murojaatiga munosabat bildirdi. Bayonotda u Rajab Toyyib Erdog‘anni “antisemit diktator” deb atagan. Bu haqda The Times of Israel xabar berdi.

 

Shuningdek, Isroil tomoni Turkiyaning mintaqadagi siyosati va Suriyadagi faoliyatini tanqid qilib, mamlakat xavfsizligiga tahdid soluvchi har qanday harakatga qarshi qat’iy choralar ko‘rishda davom etishini ma’lum qilgan.

 

Isroil tomonining ta’kidlashicha, Erdog‘anning Isroil rahbariyati va harbiylarini qo‘rqitishga qaratilgan urinishlari natija bermaydi. Shuningdek, Isroil Turkiyaning mintaqadagi vaziyatni beqarorlashtirishga qaratilgan harakatlari va xavfsizligiga tahdidlariga qarshi qat’iy choralar ko‘rishda davom etishini ma’lum qilgan.

 

Avvalroq, Turkiya Adliya vazirligi Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxuni genotsid ayblovlari bo‘yicha xalqaro qidiruvga berish va Interpol orqali hibsga olish orderi chiqarishni so‘ragani xabar qilingan edi.

Isaias dovuli AQShga yetib keldi: ayrim shtatlarda favqulodda holat e'lon qilindi

Isaias dovuli AQShga yetib keldi: ayrim shtatlarda favqulodda holat e'lon qilindi

Qirg‘oqbo‘yi hududlaridan aholi ko‘chirilmoqda, dengizdagi neft va gaz qazib olish faoliyati qisqartirildi.

“Bunga erishamiz va bu tezda amalga oshadi”: Tramp Ukraina va Eron haqida

“Bunga erishamiz va bu tezda amalga oshadi”: Tramp Ukraina va Eron haqida

AQSH prezidenti Rossiya-Ukraina mojarosini hal qilish jarayoni tezlashganini ma’lum qildi.

“Hammasini berishadi yoki yo‘q bo‘lib ketishadi” — Tramp

“Hammasini berishadi yoki yo‘q bo‘lib ketishadi” — Tramp

AQSh prezidenti Eron Amerika talablarini qabul qilmasa, mamlakat yo‘q qilinishi mumkinligini aytdi.

Davlat to‘ntarishiga urinish ayblovi: sobiq prezidentning o‘g‘li 4 yilga qamaldi

Davlat to‘ntarishiga urinish ayblovi: sobiq prezidentning o‘g‘li 4 yilga qamaldi

Sultanbekovning avvalgi sudlanganligi bo‘yicha o‘talmagan jazo qismi ham hisobga olinib, yakuniy jazo muddati 7 yil etib belgilandi.

15 yoshgacha — taqiq, 18 yoshgacha — cheklov: Turkiya ijtimoiy tarmoqlar uchun yangi qoidalarni joriy etadi

15 yoshgacha — taqiq, 18 yoshgacha — cheklov: Turkiya ijtimoiy tarmoqlar uchun yangi qoidalarni joriy etadi

Yoshi 15 dan kichik ekani aniqlangan foydalanuvchilarning akkauntlari yopiladi.

Panamada 7,7 magnitudali zilzila: sunami xavfi haqida ogohlantirish berildi

Panamada 7,7 magnitudali zilzila: sunami xavfi haqida ogohlantirish berildi

Xavfsizlik sababli metro liniyalarining ikkitasida harakat vaqtincha to‘xtatilgan.

Toshkentda xalqaro kontent bozori tashkil etiladi: tadbir 2027-yil fevralda o‘tkaziladi

Toshkentda xalqaro kontent bozori tashkil etiladi: tadbir 2027-yil fevralda o‘tkaziladi

“Tashkent Content Market” 50 dan ortiq davlatdan 3 ming nafardan ziyod ishtirokchini jamlashi kutilmoqda.

Bishkekda qabristondan joyni oldindan band qilish boshlandi: 10 yillik xizmat narxi belgilandi

Bishkekda qabristondan joyni oldindan band qilish boshlandi: 10 yillik xizmat narxi belgilandi

Qirg‘iziston poytaxtida vafot etgan turmush o‘rtog‘i yonidan qabriston uchun joyni oldindan band qilish mumkin.