O'zbekiston

“Stadionni qanday qilib yo‘q qilib yuboryapsan?” — Surxondaryo hokimi

Ulug‘bek Qosimov maktab stadionlari o‘rnida qo‘shimcha binolar qurilayotganini tanqid qilib, maktab hududlaridan foydalanishda mas’uliyatli yondashuvni talab qildi.

“Stadionni qanday qilib yo‘q qilib yuboryapsan?” — Surxondaryo hokimi

 

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Oltinsoy tumanida fuqarolar qabuli davomida maktab hududlaridagi futbol stadionlari va sport maydonlarining qisqarib borayotgani masalasiga e’tibor qaratdi.

 

Viloyat hokimligi tomonidan 20-avgust kuni e’lon qilingan videolavhada Ulug‘bek Qosimov ayrim maktablarda stadionlar o‘rnida qo‘shimcha binolar qurilayotganini tanqid qilgan.

 

Hokimning ta’kidlashicha, maktab stadionlari o‘quvchilarning sport bilan shug‘ullanishi, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi va sog‘lom turmush tarzini shakllantirishida muhim o‘rin tutadi.

 

“Stadionni yo‘q qilib, yangi qo‘shimcha bino qurdirib yuboryapti. Men aytyapman: sen stadionda futbol o‘ynamaganmisan? Maktabda o‘qimaganmisan? Stadionni qanday qilib yo‘q qilib yuboryapsan? Futbol juda ham kerak. Hammamiz futbol o‘ynab katta bo‘lganmiz”, — degan Ulug‘bek Qosimov.

 

Viloyat rahbari bolalik davrini misol qilib, maktabdagi darslar bo‘lmagan paytlarda o‘quvchilar stadionga chiqib, futbol o‘ynaganini ta’kidlagan.

 

“Stadionga chopardik, dars bo‘lmay qolsa, hamma yalangoyoq futbol o‘ynardik. Shuni yo‘q qilgandan keyin hamma telefon o‘ynaydi-da hozir, boshqa nima qiladi?” — deya ta'kidlagan hokim.

 

Ulug‘bek Qosimov, ayniqsa, maktab hududlaridan foydalanish masalasida mas’ullarni ehtiyotkor va mas’uliyatli yondashishga chaqirgan. Uning ta’kidlashicha, ta’lim muassasalarining mavjud infratuzilmasi, jumladan, sport maydonlari o‘quvchilar manfaatidan kelib chiqib asrab-avaylanishi lozim.

 

“Maktab bilan birontang hazillashma. Maktab — juda ham ulug‘ dargoh”, — degan Surxondaryo viloyati hokimi.

 

Shuningdek, Ulug‘bek Qosimov avvalroq o‘tkazilgan yig‘ilishlardan birida hududdagi yo‘llarning holati, temir yo‘l vagonlarining ahvoli, shuningdek, poyezd va samolyot chiptalari tariflari bilan bog‘liq masalalarni ham tanqid qilgan edi.

custom img

Kasbiy ta’lim tashkilotlari direktorlariga menejerlik sertifikati berish tartibi belgilandi

Yangi tartibga ko‘ra, menejerlik sertifikatiga ega texnikum direktorlari va direktor o‘rinbosarlarining lavozim maoshiga mos ravishda 50 va 30 foiz miqdorida har oylik ustama belgilandi.

custom img

Surxondaryoda 3 kg ga yaqin giyohvandlik vositalari musodara qilindi

Afg‘oniston fuqarosi “opiy”ni “jonli konteyner” orqali olib kirgani aniqlandi.

custom img

“Birorta bozor yopilmaydi va o‘z funksiyasini yo‘qotmaydi” — Shavkat Umurzoqov

Toshkent shahar hokimi investorlarga taklif etilayotgan 35 ta bozor va savdo majmualari haqida ma’lumot berdi.

custom img

Qiziqchi Shukurullo Isroilov rasman lavozimga tayinlandi

Shukurullo Isroilov Toshkent shahar madaniyat boshqarmasi boshlig‘iga o‘rinbosar bo‘ldi.

custom img

Dori, sigaret, telefon va qurilish buyumlari: qalbaki hujjatlar asosidagi yuk ushlandi

Holat yuzasidan uch nafar shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

custom img

O'zbekistonning yettita viloyatida sel xavfi e’lon qilindi

Kutilayotgan yomg‘irlar sabab tog‘oldi hududlarida sel-suv toshqinlari hamda ayrim joylarda suv to‘planishi ehtimoli mavjud.

custom img

Saida Mirziyoyeva Buxorodagi loyihalar ijrosi bilan tanishdi

Tashrif davomida suv tejash, maktabgacha ta’lim va turizm loyihalari muhokama qilindi.

custom img

Nurafshonda Yoshlar ishlari bo‘limi rahbari so'kingani uchun ishdan bo'shatildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Nurafshon shahar Yoshlar ishlari bo‘limi rahbarining mahalla yoshlar yetakchilariga qo‘pol va haqoratomuz munosabatini aks ettiruvchi audioyozuv tarqalgan edi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"