Jahon

Suriya Makka kelishuviga qo‘shilishi mumkin

Hozircha bu borada yakuniy qaror qabul qilinmagan.

Suriya Makka kelishuviga qo‘shilishi mumkin

 

Suriya Saudiya Arabistoni, Turkiya va Pokiston tomonidan imzolangan Makka o‘zaro mudofaa kelishuviga qo‘shilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Biroq hozircha bu borada yakuniy qaror qabul qilinmagan.

 

Bu haqda Suriya tashqi ishlar vaziri Asad ash-Shayboniy Pokistonga rasmiy tashrifi yakunlari bo‘yicha jurnalistlarga ma’lum qildi.

 

Vazirning ta’kidlashicha, Damashq Makka mudofaa kelishuviga qo‘shilish variantlarini o‘rganmoqda. Ayni paytda Suriya tashqi siyosatida mamlakatni qayta qurish, iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish hamda xalqaro va mintaqaviy aloqalarni mustahkamlashga ustuvor ahamiyat berilmoqda.

 

Isroil bilan munosabatlarga to‘xtalgan ash-Shayboniy strategik kelishuv masalasini muhokama qilish uchun hozircha erta ekanini bildirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroil hujumlariga chek qo‘yish Damashq uchun ustuvor vazifa bo‘lib qolmoqda.

 

Ash-Shayboniy 19-avgust kuni Suriya delegatsiyasiga boshchilik qilib, Pokistonga tashrif buyurgan. Bu Suriya tashqi ishlar vazirining so‘nggi 19 yil ichida Pokistonga amalga oshirgan ilk tashrifi bo‘ldi.

 

Makka o‘zaro mudofaa kelishuvi 7-avgust kuni Saudiya Arabistoni, Turkiya va Pokiston tomonidan imzolangan. Kelishuvga ko‘ra, a’zo davlatlardan biriga uyushtirilgan qurolli hujum barcha ishtirokchilarga qarshi tajovuz sifatida baholanishi belgilangan.

custom img

Apple iPhone 18 Pro va 18 Pro Max’ni taqdim etdi

Yangi modellarga 12-sentyabrdan oldindan buyurtma berish mumkin. Qurilmalar 18-sentyabrdan sotuvga chiqariladi.

custom img

Suriyaning Idlib viloyatida qurol ombori portladi: 14 kishi halok bo‘ldi

Rasmiylar hodisaga nima sabab bo‘lganini hozircha ma’lum qilmadi.

custom img

Yaqin Sharqdagi keskinlik fonida Brent nefti narxi 100 dollarga yaqinlashdi

Neft narxining oshishiga AQSh va Eron o‘rtasidagi qarama-qarshilikning kuchayishi sabab bo‘lmoqda.

custom img

AQSH Rossiya va Ukrainani yarashtirishga yana urindi

Bloomberg agentligining AQSH va Yevropadagi Rossiya-Ukraina urushi bo‘yicha vaziyatdan xabardor manbalariga tayanib xabar berishicha, Rossiya bilan muzokaralarni qayta boshlashga qaratilgan so‘nggi diplomatik urinishlar hozircha natija bermagan. Bu esa Rossiya-Ukraina urushi yaqin vaqt ichida tugashi bo‘yicha aniq belgilar yo‘qligini ko‘rsatmoqda.

custom img

Tramp uch nafar yaqin yordamchisiga 45 ming dollardan Rojdestvo sovg‘asi bergan

Huquqshunos bunday to‘lovlar federal qonunchilikka zid bo‘lishi mumkinligini aytdi.

custom img

Fransiyadagi muzeydan 9 million yevrolik kartinalar o‘g‘irlandi

Ikki asar topilgan, yana ikkitasi qidirilmoqda.

custom img

Xitoy va Rossiya Shimoliy Koreya bilan strategik aloqalarni kuchaytirishini bildirdi

Si Szinpin va Vladimir Putin Kim Chen Inga KXDR tashkil topganining 78 yilligi munosabati bilan yo‘llagan tabrik maktublarida Pxenyan bilan hamkorlikni yana-da rivojlantirishga tayyorligini taʼkidlagan.

custom img

Serbiya O‘zbekiston bilan ballistik raketalar ishlab chiqarishda hamkorlik qilishga tayyorligini ma’lum qildi

Aleksandr Vuchich Serbiya uzoq masofaga uchuvchi ballistik raketalar ishlab chiqarishni bir yil ichida boshlashi mumkinligini ma’lum qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"