Jahon

Ukraina Rossiyadagi Ozon omboriga zarba berdi

Rossiya Mudofaa vazirligi bir kecha davomida 457 ta Ukraina droni urib tushirilganini bildirdi.

Ukraina Rossiyadagi Ozon omboriga zarba berdi

22-avgust kuni Ukraina dronlarining Rossiya va Rossiya nazoratidagi Ukraina hududlariga uyushtirgan hujumlari oqibatida kamida 10 kishi halok bo‘ldi. Zarbalardan biri Rossiyaning ikkinchi yirik marketpleysi Ozon kompaniyasining Samara viloyatidagi logistika markaziga tegdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

 

Rossiya rasmiylari ma’lumotiga ko‘ra, hujumlar mamlakatning bir nechta hududlari, shuningdek, Rossiya nazoratidagi Ukraina hududlarida amalga oshirilgan. Zarba berilgan obyektlar orasida sanoat korxonalari va neft infratuzilmasi ham bor.

 

Rossiyaning Samara viloyati gubernatori Vyacheslav Fedorishchev Novokuibishevsk shahriga uyushtirilgan hujumda keksa ayol halok bo‘lganini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hujum oqibatida sanoat obyektlariga zarar yetgan. Ukraina harbiylari esa shahardagi neftni qayta ishlash zavodiga zarba berilganini va u yerda yong‘in chiqqanini ma’lum qildi.

 

Ozon kompaniyasi Samara viloyatining Chapayevsk shahridagi logistika markazida hujumdan keyin ishlar to‘xtatilganini bildirdi. Kompaniya hujum oqibatida jarohatlanganlar borligini ma’lum qilgan. Bu Ozon obyektlariga so‘nggi haftalarda Rossiyaning yirik onlayn-savdo kompaniyasi Wildberries omborlariga uyushtirilgan qator hujumlardan keyingi ilk zarba bo‘ldi. 

 

Krasnodar o‘lkasi gubernatori Veniamin Kondratyevning ma’lum qilishicha, Azov dengizi sohilidagi Yeysk port shahriga berilgan zarbalar oqibatida uch kishi, jumladan, ikki bola halok bo‘lgan. Yana bir katta yoshli fuqaro yaralangan. Portdagi nomi ochiqlanmagan obyektlardan birida yong‘in yuzaga kelgan.

 

Belgorod viloyati gubernatori Ukraina hujumlari oqibatida ikki kishi halok bo‘lgani, 13 kishi yaralanganini ma’lum qildi. Bryansk viloyatida esa to‘rt kishi jarohatlangan.

 

Qrimdagi Sevastopol shahrida Moskva tomonidan tayinlangan gubernator Mixail Razvojayev ukrainalik dron shahar avtobusiga zarba berganini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hodisada kamida ikki kishi halok bo‘lgan, 10 kishi yaralangan.

 

Rossiya nazoratidagi Lugansk viloyatida esa Moskva tomonidan tayinlangan gubernator Leonid Pasechnik ikki nafar tinch aholi, jumladan, 16 yoshli o‘smir halok bo‘lganini va yana to‘qqiz kishi yaralanganini ma’lum qildi.

 

Rossiya Mudofaa vazirligi bir kecha davomida 457 ta Ukraina droni urib tushirilganini bildirdi.

 

Rossiya va Ukraina so‘nggi paytlarda bir-birining iqtisodiy va logistika infratuzilmasiga qarshi uzoq masofali dron hujumlarini kuchaytirmoqda. Kiyev bunday zarbalarni Rossiyaning urushni moliyalashtirish va ta’minlash imkoniyatlarini qisqartirishga qaratilgan kampaniya sifatida izohlamoqda.

 

Rossiya prezidenti Vladimir Putin esa Ukraina iqtisodiy nishonlarga zarba berish orqali “Pandora qutisini ochgani” va Moskvaning javob choralarini kuchaytirishi mumkinligini aytdi. 

 

Bu hujumlar Rossiyaning Ukrainadagi urushi 4,5 yillik marraga yaqinlashayotgan bir paytda tomonlar o‘rtasidagi zarbalar geografiyasi kengayayotganini ko‘rsatmoqda. 

 

Shu bilan birga, avvalroq Rossiyaning Ukraina markazidagi Krivoy Rog shahridagi savdo markaziga uyushtirgan dron hujumi oqibatida kamida 16 kishi halok bo‘lgan, 130 dan ortiq odam yaralangan edi. 

“Bir safarda bir nechta mamlakat”: Japarov yagona sayyohlik vizasini taklif qildi

“Bir safarda bir nechta mamlakat”: Japarov yagona sayyohlik vizasini taklif qildi

Qirg‘iziston prezidenti Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon uchun yagona sayyohlik vizasini joriy etishni ilgari surdi.

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

JSST vakili dunyo bo‘ylab o‘lat holatlari bo‘yicha statistikani maʼlum qildi.

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

AQSH prezidenti orada yana bir qurolli mojaroga chek qo‘yishni kutayotganini aytdi.

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Dastlab to‘lov faqat havo orqali mamlakatni tark etayotgan yo‘lovchilarga nisbatan qo‘llanadi.

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Yig‘im faqat mamlakatdan havo transportida chiqishda undiriladi, quruqlik va dengiz orqali chiqishda esa olinmaydi.

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Uning saylanishi muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkazilishi ehtimolini bartaraf etib, mamlakatdagi siyosiy tanglikni yumshatdi.

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Ukraina rasmiylariga ko‘ra, hujumlar Kiyev, Poltava, Dnepropetrovsk va Xarkov viloyatlariga qaratilgan.

14 harbiyning o‘limi: Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari sobiq bosh qo‘mondoni hibsga olindi

14 harbiyning o‘limi: Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari sobiq bosh qo‘mondoni hibsga olindi

U xizmatga beparvolikda gumon qilinib hibsga olingan.