Jahon

“Urush davom etayotgan paytda saylov o‘tkazish Ukrainani parchalab yuboradi” – Zelenskiy

Ukraina prezidenti mamlakatda saylov o‘tkazish masalasini muhokama qilishdan avval urush sharoitidagi xavfsizlik muammolari va jamiyatdagi ehtimoliy bo‘linishlarni hisobga olish zarurligini ta’kidlagan.

“Urush davom etayotgan paytda saylov o‘tkazish Ukrainani parchalab yuboradi” – Zelenskiy


 
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya bilan urush davom etayotgan bir paytda mamlakatda saylov o‘tkazish Ukrainani ichidan bo‘lib yuborishi va davlatni zaiflashtirishi mumkinligini bildirdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

 

Prezident bu fikrni sobiq mudofaa vaziri Mixaylo Fedorovning urush sharoitida saylov o‘tkazish haqidagi chaqirig‘iga javoban bildirgan. Fedorovning o‘tgan hafta saylov o‘tkazish taklifi Ukraina siyosatida urush boshlanganidan beri amaldagi prezidentga nisbatan eng jiddiy ichki chaqiriqlardan biri bo‘lgandi.


 
Zelenskiy urush sharoitidagi saylov mamlakatdagi mavjud siyosiy va ijtimoiy bo‘linishlarni kuchaytirishi mumkinligini ta’kidlagan. Uning aytishicha, hozirgi vaziyatda saylov o‘tkazish “davlat uchun sunami” bo‘lib, Ukrainani bo‘lib yuborishi mumkin.


 
Ukrainada harbiy holat amal qilayotgan davrda saylov o‘tkazish qonunchilik bilan taqiqlangan. Bundan tashqari, mamlakat hududining bir qismi Rossiya nazoratida ekani, millionlab ukrainaliklar xorijda yashayotgani va ko‘plab fuqarolar frontda xizmat qilayotgani saylovni tashkil etish bilan bog‘liq jiddiy muammolarni yuzaga keltirgan.


 
Zelenskiyning ta’kidlashicha, agar xalqaro hamkorlar saylovlar vaqtida mamlakat xavfsizligini kafolatlay olsa, bunday jarayonni o‘tkazish imkoniyati ko‘rib chiqilishi mumkin. Biroq hozircha bunday kafolatni taqdim etish bo‘yicha hech qanday aniq reja taklif qilinmagan.


 
Ukraina prezidentining aytishicha, hozirgi asosiy vazifa saylovga tayyorgarlik ko‘rish emas, balki urushni yakunlash va mamlakatning mustaqilligi hamda suverenitetini saqlab qolishdan iborat.


 
Shu bilan birga, Kyiv xalqaro sotsiologiya instituti 5-avgust kuni o‘tkazgan so‘rovda ukrainaliklarning 57 foizi saylovlar faqat urush tugaganidan keyin o‘tkazilishini ma’qul ko‘rgan.

custom img

Serhat Qilich 51 yoshida vafot etdi

U 5-sentyabr kuni Istanbulning Kagithona tumanidagi uyida o‘lik holda topilgan.

custom img

Dehlida talabalar yashaydigan bino qulab, 6 kishi halok bo‘ldi

Hodisaga sabab sifatida binoning yerto‘lasida suv to‘planishi va taʼmirlash ishlari ko‘rsatilgan.

custom img

Tramp Hurmuz bo‘g‘ozi va Oyni AQSHga tegishli deb atadi

AQSH prezidenti Truth Social‘da Hurmuz bo‘g‘ozi suratini “Qo‘shma Shtatlarning yangi hududi”, Oyni esa “bizniki” degan postlarni eʼlon qildi.

custom img

“Rosatom” Qozog‘istonda yangi AES quradi. Bu Rossiyaning Markaziy Osiyodagi ta’sirini kuchaytiradimi?

Moliyaviy qiyinchiliklar fonida “Rosatom” Qozog‘istonning “Balxash” AESini qurish bo‘yicha shartnoma imzoladi.

custom img

Tramp Putin va Zelenskiy bilan telefon orqali gaplashishi kutilmoqda

AQSH ma’muriyatining Ukraina bo‘yicha yangi tinchlik paketi ustida ishlayotgani aytilmoqda.

custom img

Mayami xalqaro aeroportida Боэинг yuk samolyoti halokatga uchradi: 5 kishi halok bo‘ldi

Yuk samolyoti qo‘nish vaqtida uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketib, avtomobillarga urilgan.

custom img

Indoneziyada vulqon otilishi sabab 8 ta aeroport yopildi

Vulqon kullari tarqalishi oqibatida Jakarta va Bali aeroportlarida aviaqatnovlar cheklanib, ayrim reyslar bekor qilindi.

custom img

Lavrov Germaniyani Rossiyaga qarshi “haqiqiy urush boshlash”da aybladi

Germaniyaning Rossiya maxsus xizmatlarini Leypsig/Halle aeroportidagi dron hujumiga aloqadorlikda ayblagani Lavrovning tanqidiga sabab bo‘ldi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"