O'zbekiston

Prezident: “Biz bugun kechagidan kuchlimiz. Nasib etsa ertaga bundan ham kuchli bo‘lamiz”

Prezident Shavkat Mirziyoyev Mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan nutqida xalqni birlik va hamjihatlikka chorladi.

Prezident: “Biz bugun kechagidan kuchlimiz. Nasib etsa ertaga bundan ham kuchli bo‘lamiz”

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqini mamlakat kelajagiga ishonch va xalqni birlikka chorlovchi fikrlar bilan yakunladi.

 

Davlat rahbari 35 yillik mustaqil taraqqiyot xalq va davlat yagona maqsad yo‘lida birlashib, astoydil harakat qilsa, erishib bo‘lmaydigan marralar yo‘qligini ko‘rsatganini ta’kidladi.

 

“Biz bugun kechagidan kuchlimiz. Nasib etsa, ertaga bundan ham kuchli bo‘lamiz!” — dedi Prezident.

 

Shavkat Mirziyoyev yagona Vatan va yagona xalq bo‘lib, yangi hayot hamda buyuk kelajakni birgalikda barpo etishga chaqirdi.

 

Prezident matonatli, mard va oliyjanob xalq o‘z oldiga qo‘ygan ulug‘ maqsadlarga albatta yetishiga ishonch bildirdi.

 

Davlat rahbari nutqining yakunida O‘zbekistonning yangi buyuk tarixini xalq bilan birgalikda yaratishiga ishonch bildirdi va yurtda tinchlik, xonadonlarda obodlik va farovonlik bo‘lishini tiladi.

 

Shuningdek, Prezident xalqni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan yana bir bor tabrikladi.

Shar sabab elektr uzildi: to‘rtta tuman elektrsiz qoldi

Shar sabab elektr uzildi: to‘rtta tuman elektrsiz qoldi

Barcha iste’molchilarga elektr energiyasi yetkazib berish 33 daqiqada to‘liq tiklandi.

Serjio Gor “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi

Serjio Gor “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi

Farmonda uning investitsiyalarni jalb qilish, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish va qo‘shma loyihalarni ilgari surishdagi xizmatlari e’tirof etilgan.

Marko Rubio “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlandi

Marko Rubio “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlandi

AQSh Davlat kotibi ushbu orden bilan O‘zbekiston va AQSh hamkorligini rivojlantirishdagi xizmatlari uchun taqdirlandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bilan uchrashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bilan uchrashdi

O‘zbekiston Prezidenti va AQSh Davlat kotibi strategik sheriklikni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi.

Rossiyaga ketayotgan o‘zbekistonliklar kamaydi: mehnat migrantlari soni 13,2 foizga tushdi

Rossiyaga ketayotgan o‘zbekistonliklar kamaydi: mehnat migrantlari soni 13,2 foizga tushdi

Shu bilan birga, Rossiyadan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi 8,8 foizga oshdi.

60 km/soat o‘rniga 201 km/soat: Buxoroda Malibu-2 haydovchisi ushlandi

60 km/soat o‘rniga 201 km/soat: Buxoroda Malibu-2 haydovchisi ushlandi

Haydovchi davlat raqamlarini o‘zboshimchalik bilan yechib, avtomobil saloniga qo'ygan va shahar ichida yuqori tezlikda harakatlangan.

C5+1 doirasidagi muhim yangilik: O‘zbekistonda Google Pay ishga tushdi

C5+1 doirasidagi muhim yangilik: O‘zbekistonda Google Pay ishga tushdi

Yangilik C5+1 formatidagi tadbirlar doirasida e’lon qilindi.

17 yoshli kuryer bilan mojaro: restoran xodimi 5 sutkaga qamaldi

17 yoshli kuryer bilan mojaro: restoran xodimi 5 sutkaga qamaldi

Tekshiruvda piyodalar yo‘lagidan foydalanish qoidabuzarliklari ham aniqlanib, yozgi maydoncha olib tashlandi.