Jahon

“Kalmar o‘yini” ta’siridagi ikki o‘smir 12 yoshli bolani o‘ldirdi

Qotillikda gumonlanib qo‘lga olingan o‘smir qizlarning yonidan 50 kishining ismi kiritilgan ro‘yxat topilgan.

“Kalmar o‘yini” ta’siridagi ikki o‘smir 12 yoshli bolani o‘ldirdi

Rossiyaning Moskva viloyatida 12 yoshli maktab o‘quvchisi o‘ldirildi. Qotillikda 15 va 16 yoshli ikki nafar o‘smir qiz gumonlanib, ular qo‘lga olingan. Meduza xabariga ko‘ra, qizlar jinoyatni Janubiy Koreyaning “Kalmar o‘yini” serialidan ta’sirlangan holda sodir etgan bo‘lishi mumkin.

 

12 yoshli bola 26-avgust kuni Kabanovo qishlog‘ida bedarak yo‘qolgan. Uni qidirishga ko‘ngillilar ham jalb etilgan. Ertasi kuni uning jasadi ko‘plab pichoq jarohatlari bilan tashlandiq binoning yerto‘lasidan topilgan. Mazkur bino ilgari mahalliy kasb-hunar bilim yurti yotoqxonasi bo‘lgan.

 

Ko‘p o‘tmay, jinoyatni sodir etishda gumonlanib, 15 va 16 yoshli ikki qiz qo‘lga olingan. Tergovchilar qotillik bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atgan.

 

OAV va Telegram-kanallar huquq-tartibot idoralaridagi manbalarga tayanib, qizlar qotillikni oldindan rejalashtirgani haqida xabar bermoqda. Ular pichoqlar va qo‘lqoplarni oldindan tayyorlagan. Qizlar bolani bir qishloqda yashaydigan qo‘shnisi sifatida tanigan.

 

Bola yo‘qolgan kuni ular uni pivo ichish bahonasi bilan sayrga taklif qilib, tashlandiq binoga olib borgan. “Komsomolskaya pravda” nashrining politsiyadagi manbasiga ko‘ra, qizlar odamlarning qanday o‘lishini ko‘rmoqchi bo‘lgan.

 

Ayrim manbalarda qizlar qotillikni telefonga tasvirga olgani va bu qandaydir video-chellenjning bir qismi bo‘lgani aytilmoqda. Boshqa manbalarga ko‘ra esa, ular izlarni yashirish uchun telefonlarini ataylab o‘zlari bilan olib ketmagan. Jinoyatdan so‘ng qizlar uylariga qaytgan.

 

 

Halok bo‘lgan bolaning onasi Irina “MSK1” nashriga bergan intervyusida qizlar boshqa qotilliklarni ham rejalashtirganini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, tergov ko‘rib chiqayotgan versiyalardan biri qizlarning Janubiy Koreyaning “Kalmar o‘yini” serialidan ta’sirlangan bo‘lishi bilan bog‘liq.

 

“Kalmar o‘yini” serialida qahramonlar omon qolish uchun shafqatsiz o‘yinlarda bellashadi. Irinaning aytishicha, tergovchilar bunday taxminga qizlardan birining xonasida serialga oid plakatlar bo‘lgani sabab kelgan.

 

Shuningdek, gumondorlardan birining TikTok sahifidan serialdagi qotilliklar aks etgan videolavha topilgani xabar qilingan.

 

Kabanovo qishlog‘i aholisidan biri esa ikki qizni “bosiq va janjalkash bo‘lmagan” deb ta’riflagan. Uning aytishicha, qizlar bir-biri bilan yaqin munosabatda bo‘lgan va tez-tez birga vaqt o‘tkazgan.

 

Mahalliy ayolning so‘zlariga ko‘ra, qizlarning yonidan 50 kishining ismi kiritilgan ro‘yxat topilgan. Unda halok bo‘lgan bola ham bo‘lgan. U qizlarning hech qanday submadaniyatga, jumladan, satanizmga aloqasi bo‘lmaganini, biroq “Kalmar o‘yini”ga juda berilib ketganini aytgan.

 

REN nashri huquq-tartibot idoralariga yaqin manbalarga tayanib, gumondorlardan biri so‘roq paytida uzoq vaqtdan beri qon nimaligini va odam o‘ldirish qanday bo‘lishini bilishni istaganini tan olganini yozdi.

 

Hozirda tergov davom etmoqda.

Zelenskiy Rossiyaning energetika obyektlariga zarbalarni 100 kunga to‘xtatishga rozi bo‘ldi — WSJ

Zelenskiy Rossiyaning energetika obyektlariga zarbalarni 100 kunga to‘xtatishga rozi bo‘ldi — WSJ

AQSh senatorlari Ukraina prezidentiga Starlink qamrovini Rossiya hududiga 300 kilometrga kengaytirish evaziga Rossiyaning energetika obyektlariga zarbalarni to‘xtatishni taklif qilgan.

Xitoy Isroildan G‘arbiy Sohildagi noqonuniy qurilishlarni to‘xtatishni talab qildi

Xitoy Isroildan G‘arbiy Sohildagi noqonuniy qurilishlarni to‘xtatishni talab qildi

Pekin Falastin masalasini XXI asrning eng katta tarixiy adolatsizligi deb atab, mojaroni ikki davlat yechimi asosida hal etish va G‘azoga gumanitar yordam yetkazilishini ta’minlashga chaqirdi.

Har yili 3,5 milliondan ortiq o‘lim: JSST qo‘rg‘oshin xavfidan ogohlantirdi

Har yili 3,5 milliondan ortiq o‘lim: JSST qo‘rg‘oshin xavfidan ogohlantirdi

Qo‘rg‘oshin bo‘yoqlar, kosmetika, ziravorlar va sanoat ifloslanishi orqali inson organizmiga tushishi mumkin.

Green Card lotereyasi qaytadimi? AQSH sudidan yangi qaror

Green Card lotereyasi qaytadimi? AQSH sudidan yangi qaror

Green Card lotereyasi 2025-yil dekabrida vaqtincha to‘xtatilgan edi.

AQSH maktabidagi otishma: uch nafar bola va o‘qituvchi halok bo‘ldi

AQSH maktabidagi otishma: uch nafar bola va o‘qituvchi halok bo‘ldi

Otishmani 16 yoshli o‘smir sodir etgan.

Ukrainadagi mojaro Zelenskiysiz hal qilinishi mumkin — Tramp

Ukrainadagi mojaro Zelenskiysiz hal qilinishi mumkin — Tramp

AQSH prezidenti Zelenskiy bilan muzokara olib borish Putinga qaraganda qiyinroq ekanini bildirdi.

Bola xavfsizligi birinchi o‘rinda: UNICEF O‘zbekistondagi qonunni qo‘llab-quvvatladi

Bola xavfsizligi birinchi o‘rinda: UNICEF O‘zbekistondagi qonunni qo‘llab-quvvatladi

Zo‘ravonlikdan jabrlangan bolalarga moslashtirilgan va muvofiqlashtirilgan yordam ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi.

Husiylar Yamandagi prezident saroyi majmuasiga raketa zarbalari berdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Husiylar Yamandagi prezident saroyi majmuasiga raketa zarbalari berdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Hujum vaqtida majmuada bo‘lgan hukumat a’zolari jabrlanmagan.