Jahon

Misr qirolichasi Nazli taqqan millionlab dollarlik marjon Vena muzeyidan o‘g‘irlandi

Bir necha million dollarga baholangan taqinchoqni ikki erkak olib qochgan.

Misr qirolichasi Nazli taqqan millionlab dollarlik marjon Vena muzeyidan o‘g‘irlandi

Misrning sobiq qirolichasi Nazliga tegishli bo‘lgan, 673 ta qimmatbaho tosh bilan bezatilgan marjon Venadagi Amaliy san’at muzeyidan (MAK) o‘g‘irlandi. Bu haqda Al Arabiya xabar berdi.

 

Taqinchoqning qiymati bir necha million dollarga baholanmoqda.

 

Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, ikki erkak muzeyga kirish uchun chipta sotib olgan. Keyin ular bolg‘a yordamida marjon joylashtirilgan shisha vitrinasini sindirib, taqinchoqni olib qochgan. Gumondorlar niqob taqmagan va kuzatuv kameralariga tushgan.

 

O‘g‘irlangan marjon Van Cleef & Arpels kompaniyasining fransuz dizaynerlariga bag‘ishlangan ko‘rgazmada namoyish etilayotgan edi. Ko‘rgazmada iyun oyidan buyon qariyb 500 ta buyum taqdim etilgan.

 

Marjon Misrning sobiq qirollik oilasi uchun yaratilgan. Qirolicha Nazli uni 1939-yilda qizi Favziya va Eronning bo‘lajak shohi Muhammad Rizo Pahlaviyning nikoh to‘yida taqqan.

 

Van Cleef & Arpels kompaniyasi o‘z saytida mazkur taqinchoqni “oq zargarlik san’atining tantanasi” deb ta’riflagan.

 

MAK muzeyi o‘g‘irlikni tasdiqlagan, biroq tergov davom etayotgani sababli qo‘shimcha izoh bermagan. Politsiya gumondorlarni qidirishni davom ettirmoqda.

 

Mazkur o‘g‘irlik Yevropa muzeylarida so‘nggi vaqtlarda yuz bergan qator yirik talonchiliklarning navbatdagisi bo‘ldi.

 

Xususan, avvalroq Ispaniyaning Alikante provinsiyasidagi Villena arxeologiya muzeyidan bronza davriga oid “Villena xazinasi”ning katta qismi o‘g‘irlab ketilgandi. O‘g‘irlangan oltin buyumlarning qiymati kamida 1,7 million yevroni tashkil etadi.

 

2025-yilda esa Luvr muzeyi o‘g‘rilar hujumiga uchragandi. Hodisa natijasida u yerdan bir nechta qadimiy zargarlik buyumlari, jumladan, Fransiya qirollari va imperatorlariga tegishli toj, marjon va tilla buyumlar o‘g‘irlangan.

Reper Navai Qozog‘istonda ushlandi: u giyohvand moddalar kontrabandasida gumonlanmoqda

Reper Navai Qozog‘istonda ushlandi: u giyohvand moddalar kontrabandasida gumonlanmoqda

Uning avtomobilidan giyohvandlik vositasi topilgan, xonanda esa vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan.

Yevropada energiya tanqisligi xavfi: Yevrokomissiya qish og‘ir kelishidan ogohlantirdi

Yevropada energiya tanqisligi xavfi: Yevrokomissiya qish og‘ir kelishidan ogohlantirdi

Yoqilg‘i ta’minotidagi uzilishlar va energiya narxlarining oshishi Yevropada kelayotgan qish mavsumini murakkablashtirishi mumkin.

AQSH Grenlandiya resurslariga qiziqmoqda: Tramp neft va gaz loyihalarini ma’lum qildi

AQSH Grenlandiya resurslariga qiziqmoqda: Tramp neft va gaz loyihalarini ma’lum qildi

AQSH prezidenti orolda neft, gaz va foydali qazilmalarni keng ko‘lamda qidirish ishlari boshlanish arafasida ekanini aytdi, biroq loyihaning tafsilotlarini ochiqlamadi.

Rossiyada maktablarida yangi taklif: 10–11-sinflari pullik bo‘lishi mumkin

Rossiyada maktablarida yangi taklif: 10–11-sinflari pullik bo‘lishi mumkin

Tashabbus mualliflari tushgan mablag‘larni rossiyalik o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirmoqchi.

Ebola qurbonlari soni ortmoqda: o‘lim holatlari 4 381 taga yetdi

Ebola qurbonlari soni ortmoqda: o‘lim holatlari 4 381 taga yetdi

Kongoida 9 066 ta infeksiya holati qayd etildi.

24 soat ichida 104 ta zarba: husiylar Saudiya Arabistonini ayblamoqda

24 soat ichida 104 ta zarba: husiylar Saudiya Arabistonini ayblamoqda

Harbiy qo‘mondonlik vakili hujumlar oqibati tinch aholi halok bo'lganini bildirdi.

Eronga qarshi yangi hujum ehtimoli: Tramp va Netanyaxu bir necha bor muzokara o‘tkazgan

Eronga qarshi yangi hujum ehtimoli: Tramp va Netanyaxu bir necha bor muzokara o‘tkazgan

Tramp hozircha yakuniy qarorga kelmagan, uning maslahatchilarining aksariyati esa iqtisodiy bosimni davom ettirish tarafdori.

Bolgariya sohillarida kema dron hujumidan cho‘kdi: 11 dengizchi bedarak yo‘qoldi

Bolgariya sohillarida kema dron hujumidan cho‘kdi: 11 dengizchi bedarak yo‘qoldi

Bolgariya rasmiylari ikki yuk kemasiga dronlar bilan hujum qilinganini bildirdi. Rossiya elchisi izoh berish uchun chaqirtirildi.