Jahon

Rossiyaning Kiyev viloyatiga hujumi oqibatida 37 kishi halok bo‘ldi

Bucha tumanidagi o‘q-dorilar omboriga berilgan zarba ortidan yuzaga kelgan portlashlarda yana 42 kishi jarohatlangan.

Rossiyaning Kiyev viloyatiga hujumi oqibatida 37 kishi halok bo‘ldi

Rossiyaning Kiyev viloyati Bucha tumanidagi o‘q-dorilar omboriga bergan zarbasi va undan keyingi portlashlar oqibatida kamida 37 kishi halok bo‘ldi. Yana 42 kishi jarohatlangan, ulardan to‘rt nafari bola. Bu haqda Kiyev viloyati davlat ma’muriyati rahbari Timur Tkachenkoga tayanib, BBC xabar berdi.

 

Halok bo‘lganlarning 34 nafari qariyalar pansionatida bo‘lgan. Qurbonlar orasida Dmitrivka jamoasi rahbari Taras Didich ham bor.

 

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy hodisani odamlar yaqinida portlovchi moddalarni saqlash bilan bog‘liq “dahshatli beparvolik” deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya hujumi vaqtida o‘q-dorilar saqlanadigan hududga zarba berilgan va buning ortidan snaryadlar, minalar, boshqa o‘q-dorilar hamda dronlar detonatsiyasi yuz bergan.

 

Ukraina rasmiylari 29-avgustga o‘tar kechasi Bucha tumanidagi Milya qishlog‘ida joylashgan korxonalardan birida hujum ortidan kuchli yong‘in va portlashlar yuz berganini bildirdi. Favqulodda vaziyat hududidan qariyb 400 kishi evakuatsiya qilingan. Portlashlar sabab Jitomir trassasining 15–32-kilometrlari oralig‘idagi qismida transport harakati to‘liq to‘xtatilgan.

 

Rossiya Mudofaa vazirligi esa Milya qishlog‘ida Fire Point kompaniyasining o‘q-dorilar ombori zarbaga uchraganini ma’lum qildi. Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, u yerda FP-1 va FP-2 uzoq masofaga uchuvchi dronlar uchun butlovchi qismlar va start tezlatkichlari saqlangan.

 

Portlashlar oqibatida atrofidagi infratuzilmaga, jumladan, turar joylar va qariyalar pansionatiga zarar yetgan. Qariyb 50 ta turar joy binosi turli darajada shikastlangan.

 

Hodisa yuzasidan Ukraina Milliy politsiyasi va Ukraina Xavfsizlik xizmati sudgacha tergov olib bormoqda. O‘q-dorilarni aholi yashaydigan hudud yaqinida saqlashga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslarga nisbatan xizmat vazifalariga beparvolik bilan munosabatda bo‘lish moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy odamlarning o‘limiga sabab bo‘lgan qarorlar uchun aybdorlar “javobgarlikka tortilishi kerak”ligini ta’kidladi.

 

Ukraina Qurolli kuchlari Harbiy-havo kuchlari ma’lumotiga ko‘ra, 29-avgustga o‘tar kechasi Rossiya Ukraina hududiga “Oniks” kemaga qarshi raketasi, “Iskander-M” ballistik raketasi va 267 ta hujumchi dron uchirgan. 29-avgust soat 11:30 holatiga ko‘ra, “Shahed” dronlarining Kiyev viloyatiga hujumi davom etgan.

Zelenskiy Rossiyaning energetika obyektlariga zarbalarni 100 kunga to‘xtatishga rozi bo‘ldi — WSJ

Zelenskiy Rossiyaning energetika obyektlariga zarbalarni 100 kunga to‘xtatishga rozi bo‘ldi — WSJ

AQSh senatorlari Ukraina prezidentiga Starlink qamrovini Rossiya hududiga 300 kilometrga kengaytirish evaziga Rossiyaning energetika obyektlariga zarbalarni to‘xtatishni taklif qilgan.

Xitoy Isroildan G‘arbiy Sohildagi noqonuniy qurilishlarni to‘xtatishni talab qildi

Xitoy Isroildan G‘arbiy Sohildagi noqonuniy qurilishlarni to‘xtatishni talab qildi

Pekin Falastin masalasini XXI asrning eng katta tarixiy adolatsizligi deb atab, mojaroni ikki davlat yechimi asosida hal etish va G‘azoga gumanitar yordam yetkazilishini ta’minlashga chaqirdi.

Har yili 3,5 milliondan ortiq o‘lim: JSST qo‘rg‘oshin xavfidan ogohlantirdi

Har yili 3,5 milliondan ortiq o‘lim: JSST qo‘rg‘oshin xavfidan ogohlantirdi

Qo‘rg‘oshin bo‘yoqlar, kosmetika, ziravorlar va sanoat ifloslanishi orqali inson organizmiga tushishi mumkin.

Green Card lotereyasi qaytadimi? AQSH sudidan yangi qaror

Green Card lotereyasi qaytadimi? AQSH sudidan yangi qaror

Green Card lotereyasi 2025-yil dekabrida vaqtincha to‘xtatilgan edi.

AQSH maktabidagi otishma: uch nafar bola va o‘qituvchi halok bo‘ldi

AQSH maktabidagi otishma: uch nafar bola va o‘qituvchi halok bo‘ldi

Otishmani 16 yoshli o‘smir sodir etgan.

Ukrainadagi mojaro Zelenskiysiz hal qilinishi mumkin — Tramp

Ukrainadagi mojaro Zelenskiysiz hal qilinishi mumkin — Tramp

AQSH prezidenti Zelenskiy bilan muzokara olib borish Putinga qaraganda qiyinroq ekanini bildirdi.

Bola xavfsizligi birinchi o‘rinda: UNICEF O‘zbekistondagi qonunni qo‘llab-quvvatladi

Bola xavfsizligi birinchi o‘rinda: UNICEF O‘zbekistondagi qonunni qo‘llab-quvvatladi

Zo‘ravonlikdan jabrlangan bolalarga moslashtirilgan va muvofiqlashtirilgan yordam ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi.

Husiylar Yamandagi prezident saroyi majmuasiga raketa zarbalari berdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Husiylar Yamandagi prezident saroyi majmuasiga raketa zarbalari berdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Hujum vaqtida majmuada bo‘lgan hukumat a’zolari jabrlanmagan.